Qayd qilinişiça, 28 yoşli ayol turmuş örtoği tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat Kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Boş prokuratura ma’lumotida.
Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, marhumaning turmuş örtoği, unga doimiy zörlik işlatib kelganlikda gumon qilinayotgan erkak qamoqqa olingan.
Eslatib ötamiz, Bekobod tumanida turmuş örtoği tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlab kelingan 28 yoşli ayol şu yil 27 mart kuni 5-qavatdan tuşib ketib, vafot etgan.
Marhumaga avvalroq 3 marotaba himoya orderi berilgan, sönggi order berilganiga hali 1 oy bölmagandi. Uning yaqinlari va voqea guvohlari ayol vafotidan oldin qattiq kaltaklanganini, unga turmuş örtoği köp marta öldiriş bilan tahdid qilganini aytişgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva hodisa yuzasidan prokuratura organi olib borayotgan tekşiruv harakatlarini öz nazoratiga olgandi.












