Finlandiya hukumati Rossiya bilan quruqlikdagi çegarada nazorat-ötkaziş punktlarini 15 apreldan boşlab noma’lum muddatga yopib qöyişga qaror qildi, deb xabar berdi mamlakat içki işlar vazirligi 4 aprel, payşanba kuni. Bundan taşqari, 15 apreldan boşlab dengiz orqali noqonuniy migratsiyaning oldini oliş uçun Xaapasaari, Nuyyamaa porti va Santiodagi dengiz ötiş punktlari yopiladi. «Qaror keyingi bildirişnomaga qadar kuçda qoladi, biroq zarur bölganidan ortiq emas», — deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida. 

RF bilan çegarani oçişda fin hukumati Rossiya tomonidan çegarani kesib ötib, Finlandiyadan boşpana sörayotgan uçinçi davlat fuqarolarining ommaviy noqonuniy migratsiyasi «qayta tiklaniş xavfini» köryapti. «Rossiya tomonida Finlandiya çegarasi yaqinida Finlandiyaga qarşi işlatilişi mumkin bölgan yuzlab va ehtimol minglab odamlar bor», dedi içki işlar vaziri Mari Rantanen. Finlandiya rasmiylari Rossiyaning «migratsiyani instrumentallaştiriş» siyosatini «gibrid hujum» va «uzoq muddatli tahdid» sifatida baholaydi. 

Hukumatning çegarani yopiş haqidagi avvalgi qarori 14 aprelgaça amal qilgan. 

Rossiya-Finlandiya çegarasiga migrantlar oqimi 

2023 yil noyabrida Finlandiya tegişli hujjatlari bölmagan muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasini butunlay yopdi. Helsinki Moskvani uçinçi davlat fuqarolarini çegarani kesib ötişga undaganlikda aybladi. Bunga javoban Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova «Finlandiyaning çegaradagi vaziyat uçun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklaşga urinişini tuşunarsiz bahonalar» deb atadi.