Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskva, Yekaterinburg va Omskda «Krokus Siti Xoll» binosidagi teraktni amalga oşirgan terrorçilarga yordam berişda gumon qilingan uç kişini qölga olganini ma’lum qildi.
Hibsga olingan ikki şaxs «Krokus»dagi teraktni sodir etgan şaxslarga qurol va maşina sotib oliş uçun pul ötkazganlikda gumon qilinmoqda. Işga aloqador uçinçi şaxs şeriklarni yollaş va ijroçilarni moliyalaştirişda gumon qilinmoqda.
Hibsga olingan uç kişi ham Markaziy Osiyo mintaqasidan. Ularning ismi şarifi oşkor qilinmagan.
FXX «Krokus»dagi terakt işi böyiça yangi ayblanuvçilar hibsga olingani aks etgan videoni tarqatdi. Unda ikki mahbus «terrorçilik hujumiga şerik bölgani uçun qamoqqa olinganini tan oldi», mahbuslardan biri videoning özida şunday deydi, ikkinçisi nima degani aniq emas.
22 mart kuni Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida bir guruh qurollangan şaxslar otişma boşladi, keyin esa binoga öt qöydi. Hujum uçun javobgarlikni «IŞID Viloyati Xuroson» öz zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.
Avvalroq FXX terakt jinoyat işi doirasida 10 kişi hibsga olingani, jumladan, 4 nafari bevosita jinoyatçilar bölgani haqida xabar berilgan edi.













