Moskva şahri sudi «Krokus Siti Xoll» binosidagi terakt böyiça oçilgan jinoyat işi doirasida ön birinçi ayblanuvçi – Şaripzoda Muhammad Zoirni 22 mayga qadar hibsga oliş haqida qaror çiqardi.
Unga bir guruh şaxslar tarkibida inson ölimiga sabab bölgan terrorçilik hujumini sodir etganlik aybi qöyilgan (Rossiya Jinoyat Kodeksi 205-moddasi 3-qismi «b» bandi). Uşbu moddaning eng yuqori jazosi umrbod qamoqni nazarda tutadi.
«Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni keçqurun sodir böldi. Bir neça kişi konsert zaliga bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata avtomat qurollardan öq uzdi. Söngra binoga öt qöydi. Rossiya Tergov qömitasi terrorçilik harakati moddasi böyiça jinoiy iş qözğatdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining sönggi ma’lumotlariga köra, terakt oqibatida 144 kişi halok bölgan, jabrlanganlar soni 551 nafarga yetgan.













