Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchi tengqurlari tomonidan kaltaklanib, umurtqasi sindirilgani aytilyapti
Qarshi tumanidagi 55-maktabda kaltaklangan o‘quvchining onasi murojaat bilan chiqdi. Unga ko‘ra, bir necha oy oldin ayolning o‘g‘lini o‘quvchilar maktabda kaltaklagan va bolaning umurtqasi sinib, hozirgacha tuzalmagan. Maktab direktori ishdan olingan.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 55-maktabda o‘quvchilar tomonidan kaltaklangan o‘smirning onasining videomurojaati tarqaldi. Unda aytilishicha, ayolning 2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘lining 2023 yil 19 dekabrda maktabda umurtqa suyaklari sindirilgan.
“Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari o‘g‘limga birinchi yordam ko‘rsatmagan, ichki ishlar va “tez yordam”ga xabar bermagan. Bolam behush holatda bir necha soat davomida xonada ushlab o‘tirilgan”, – degan ayol murojaatda.
Murojaatda maktab o‘quvchilari zalda bir bolani urgani holati maktab kameralariga tushib qolgani aks etgan videoni ham ko‘rish mumkin. Ayolning aytishicha, ayol o‘g‘lining ahvoli haqida xabar topgach, maktabga borgan va uni shifoxonaga olib borgan.
“Maktab ma’muriyati holat haqida huquq idoralariga xabar bermaslikni tayinladi. Uni Samarqanddagi klinikada davolatdik. Maktab ma’muriyati vakili kasallik hujjatida o‘g‘lim go‘yo o‘yingohda o‘rtoqlari bilan o‘ynab yiqilib tushgan deb yozdirgan. Bolam hozir to‘shakda. Kaltaklagan bolalarning ota-onasi biror marta xabar ham olmadi”, – degan ayol.
Holatga Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘rganilib, qonuniy to‘xtamga kelingan.
“Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2024 yil 19 martdagi tegishli buyrug‘i bilan Qarshi tumanidagi 55- maktab direktori M.P bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, – deyilgan rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06 / 01.04.2025
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025