Murmansk viloyatining Apatiti şahrida erkak kişi piçoq bilan viloyat gubernatori Andrey Çibisga hujum qildi. «Murmanskiy vestnik» naşri 4 aprel, payşanba kuni xabar berişiça, jinoyatçi mahalliy aholi bilan uçraşuvdan söng madaniyat markazidan çiqib ketayotgan amaldorga yaqinlaşib, uning qorniga piçoq urgan.
Çibis kasalxonaga yotqizilgan. OAV ma’lumotlariga köra, u maşinaga özi piyoda bora olgan. Gubernator operatsiya qilindi, uning ahvoli oğir, ammo barqaror deb baholanmoqda, dedi TASS agentligiga viloyat soğliqni saqlaş vazirligi rahbari Dmitriy Paniçev.
Hujum qilgan şaxs qölga olindi. Mahalliy Telegram-kanallari va OAV yozişiça, u Apatiti şahrida yaşovçi 42 yoşli Aleksandr Bidanov bölib çiqdi. Hibsga oliş paytida u oyoğidan yaralangan.
Odam öldirişga uriniş böyiça jinoiy iş oçildi
Söroq paytida qölga olingan şaxs hujumni gubernatorga nisbatan şaxsiy adovat bilan izohlagan, deb xabar qildi RF Tergov qömitasi 5 aprel, juma kuni Çibis va hujumçi bir-birini tanimasligini ta’kidlab. Tergovçilar bu şaxs avvalroq badanga yengil şikast yetkazgani uçun jinoiy javobgarlikka tortilganini aniqladi.
Murmansk viloyati prokuraturasi bayonotida aytilişiça, Çibisga qilingan hujumdan söng, rasmiy faoliyat bilan boğliq holda qotillikka uriniş böyiça jinoiy iş oçilgan. Bu jinoyat uçun eng oğir jazo 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişdir. Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin tergov jarayonini departament markaziy apparati nazoratiga topşirdi.
Çibis mintaqadagi «renovatsiya» uçun tanqid qilingan
Andrey Çibis «Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi, 2019 yil sentabridan Murmansk viloyati gubernatori lavozimida işlab kelyapti. Tegişli saylovlarga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Çibisni viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi etib tayinlagan.
Çibisdan oldin bu lavozimda Marina Kovtun bölgan, ammo 2019 yil mart oyida u Putindan iste’foga çiqişni söradi, bu RF bir qator mintaqalari rahbarlarining boşqa şunga öxşaş iltimoslari bilan birga sodir böldi - Rossiya ommaviy axborot vositalari bunday tendensiyani «gubernatorlar qulaşi» deb atadi.
Çibis boşqaruvi davrida Murmansk viloyatida «renovatsiya» deb atalgan jarayon boşlandi, bu mintaqadagi portlar va yopiq harbiy şaharçalarga ham ta’sir körsatdi. 2023 yilda Rossiya hukumati Murmansk viloyatida uşbu tadbirlarni ötkaziş tezligi yetarli emasligini qayd etdi, deb yozgan RBK avvalroq. Şu bilan birga, Çibis tegişli yiğilişda uşbu çora-tadbirlar uçun kamida 283,5 milliard rubl kerak bölişini ma’lum qildi.












