2024 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 10 aprel – çorşanba kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uçun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nişonlansin. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
Unga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyğun holda ötkaziş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş topşiriği berildi.
Şuningdek, Turizm qömitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoşlarimiz uçun Ramazon hayiti kunlarida mötabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni taşkil etiş maqsadida qulay şaroit va imkoniyatlar yaratiş çoralari belgilandi.












