Vilnyusda noma’lum şaxslar Rossiya elçixonasiga ikkita hujum uyuştirdi, natijada Ukraina Qahramonlari köçasidagi bino devoriga zarar yetdi, deya xabar bermoqda Delfi Litva politsiya departamentiga tayanib. Birinçi hujum 7 aprelga ötar keçasi, ikkinçisi esa keyingi tunda amalga oşirilgan, deb yozadi naşr 8 aprel, duşanba kuni.
Noma’lum şaxslar yonuvçi modda solingan butilkalarni uloqtirgan
Ikkala holatda ham noma’lum şaxslar binoga yonuvçi modda solingan butilkalarni taşlab, zarar yetkazgan. Naşrning yozişiça, tergov boşlandi.
Rossiyaning Litvadagi elçixonasi va Rossiya Taşqi işlar vazirligi hozirça voqealarga izoh bermadi.
Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga hujumlar RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri bir neça bor sodir böldi. Xususan, 2022 yil aprel oyida Rossiyaning Buxarestdagi elçixonasi darvozasiga avtomaşina borib urilgan, haydovçi voqea joyida vafot etgan. Öşa yilning oktyabrida va 2023 yilning avgustida Kişinyovdagi Rossiya elçixonasiga hujumlar uyuştirildi.












