Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga qabul qilganlarga bir yil davomida subsidiya to‘lanadi
Yangi tartib 1 iyundan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ish bilan ta’minlangan har bir xodim uchun oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. Mablag‘lar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Foto: Artem Geodakyan/ TASS
Bu prezidentning “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Hujjat bilan 2024 yil 1 iyundan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar xorijda ishlab qaytgan shaxslarni ishga olgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi. Mablag‘lar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Qayd etilishicha, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
Bunda subsidiya to‘lash uchun mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, farmonda xorijda 3 yoki undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, yashash manziliga qaytib kelganiga bir yildan ko‘p vaqt bo‘lmagan shaxslar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb tushunilishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Onlayn mahalla” elektron platformasida “reintegratsiya” moduli yaratiladi. “Mahalla yettiligi” tomonidan migratsiyadan qaytganlar ro‘yxati shakllantirilib, ma’lumotlar modulga kiritiladi.
Migrantlarning rasmiy bandligi hokim yordamchilari faoliyatining asosiy KPIdan biri etib belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda
O‘zbekiston | 13:49
-
YeI Rossiyaning 22 ta banki va rejisser Shaxnazarovga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 13:48
-
YeI RFPI va uning shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqladi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

10:15 / 09.07.2025
O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun Rossiya o‘quv markazlari ochilishi mumkin

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

13:03 / 20.05.2025