Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Şryoder rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy bilan intervyuni 2020 yilda naşr etgani uçun Germaniyaning Bild gazetasiga qarşi sudda yutqazdi. Hamburg sudi qarori 10 aprel, çorşanba kuni Şryoder özining 80 yoşini nişonlaganidan köp ötmay ma’lum böldi.
«Şunday ekan, bu aniq: Putinning asosiy raqibi Aleksey Navalniy Putin dösti Şryoder haqida bergan intervyusida aytgan gaplarini Bild naşri e’lon qilişga haqli», — deb yozadi gazeta.
Navalniy bilan suhbat
2020 yilning 7 oktyabrida gazetada çop etilgan uzun intervyusida «Noviçok» bilan zaharlanganidan keyin Berlinda reabilitatsiyadan ötgan Aleksey Navalniy sobiq kanslerni keskin tanqid qilganidan söng Gerhard Şryoder Bild tabloidiga qarşi da’vo arizasi bilan çiqdi.
«Şryoder Yevropadagi eng qudratli davlatning kansleri edi. Endi esa u Putinning aytganini qiluvçi şaxs», - dedi Navalniy. U, şuningdek, şaxsiy fikriça, «Rosneft» va «Gazprom»ni köp yillik örganişga asoslanib, Şryoder Rossiya Federatsiyasida yaşirin tölovlarni olişi mumkinligini aytdi. «Menda oq va qora rangda yozilgan hujjat yöq: mana, janob Şryoder, sizning portfelingiz pulga töla. Lekin Şryoder maxfiy tölovlarni olişiga şubham yöq», - deya ta’kidladi muxolifatçi.
Gerhard Şryoder, öz navbatida, maxfiy tölovlar haqidagi parçani xato deb atadi va bu vaziyatda u advokatlar yordamiga murojaat qilişga majbur bölganini aytdi, çunki Bild gazetasi bu ayblovlarni undan izoh söramasdan e’lon qildi. Da’vo arizasida u Navalniyning bayonotlarini tarqatişni sud tomonidan taqiqlaşni talab qildi. Endi, sudda yutqazib, Şryoder apellyatsiya bermadi va şuning uçun barça sud xarajatlarini qoplaşga majbur böladi.
Germaniya sobiq kansleri Kreml manfaatlari lobbiçisi sifatida
Gerhard Shröder 1998 yildan 2005 yilgaça Germaniya kansleri lavozimida işlagan va «qizil-yaşil» deb nomlangan koalitsiya hukumatini boşqargan. 2005 yilgi saylovlarda mağlub bölgaç va iste’foga çiqqanidan söng u Vladimir Putinning taklifini qabul qildi va 2006 yildan Nord Stream AG aksiyadorlar qömitasini, 2017 yildan esa «Rosneft» direktorlar kengaşini boşqarib kelmoqda. Şryoder bu lavozimni 2022 yilning may oyida, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan köp ötmay tark etgan.

















