Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Körfaz arab davlatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişi doirasida mamlakatimizda bölib turgan Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi. 

Özbekiston bilan Kengaş örtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantiriş va hamkorlikni mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. Davlat rahbari mintaqalar örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toşkent şahrida ötgan taşqi işlar vazirlari ikkinçi uçraşuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi. 

2023 yili Jidda şahrida ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Körfaz arab davlatlari birinçi sammitida erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi muhokama qilindi. 

Özbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boşqa yönalişlarda ilgari surilgan taşabbus va takliflarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. 

2025 yilda Samarqand şahrida ötadigan ikkinçi sammit kun tartibini tayyorlaş bilan boğliq masalalar körib çiqildi. 

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi taşqi işlar vaziri Jayxun Bayramov, Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, Bahrayn taşqi işlar vaziri Abdullatif bin Raşid al-Zayaniy, Kuvayt Davlati taşqi işlar vaziri Abdulla al-Yahyo, Ömon sultonligi taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan ham uçraşdi.