Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ğarb ittifoqçilariga murojaat qilib, mamlakatni yangi havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlaşni söradi.

Ğarb davlatlarining harakatlariga misol sifatida u yaqinda Eronning Isroilga hujumini keltirdi, bu vaqtda Isroilning özi ham, uning ittifoqçilari - AQŞ va Buyuk Britaniya kuçlari tomonidan raketalar va uçuvçisiz samolyotlar urib tuşirilgan edi.

«Ittifoqçilarning qat’iy harakatlari terror muvaffaqiyati va infratuzilmani yöqotişning oldini oldi va tajovuzkorni sovib qolişga majbur qildi. Isroil kabi NATO a’zosi bölmagan Ukrainani terrordan himoya qilişda ham şunday yöl tutiş mumkin. Buning uçun esa 5-moddani faollaştiriş şart emas, faqat siyosiy iroda yetarli», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Ukraina yetakçisining qöşimça qilişiça, Kiyev ittifoqçilardan havo hujumidan mudofaa tizimlari taqdim etgani uçun minnatdor, biroq Rossiya zarbalarining şiddati köproq narsani talab qiladi.

Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron, öz navbatida, London Kiyevga Quddusga körsatgan yordamni körsatmasligini aytdi. Vazirning sözlariga köra, agar Britaniya harbiy-havo kuçlari Ukraina uzra uçuvçisiz samolyotlar va raketalarni urib tuşirişni boşlasa, bu Rossiya bilan töğridan-töğri töqnaşuvga va mojaroning kuçayişiga olib keladi.

14 aprelga ötar keçasi Eron Isroil tomon 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik raketalarni uçirdi. Eron harbiy nişonlarining 99 foizidan ortiği Isroil tomonidan urib tuşirildi.