Stavropol ölkasi Krasnogvardeyskiy okrugida Tu-22M3 rusumli uzoq masofaga harakatlanuvçi bombardimonçi samolyot halokatga uçradi, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vazirligi.

Qulagan samolyot uçuvçilari katapulta qilingan. Ekipajning uç nafar a’zosi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan evakuatsiya qilingan.

Keyinroq evakuatsiya qilingan uçuvçilardan biri vafot etgani, törtinçi uçuvçini qidiriş işlari davom ettirilayotgani ma’lum böldi.

Mash manbasi esa qidirilayotgan törtinçi uçuvçi ekipaj komandiri ekani va u oxirgi lahzagaça kabinani tark etmay, voqea joyida halok bölganini ma’lum qilgan.

RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati qöşimça qilişiça, samolyot jangovar topşiriqni bajarib qaytayotganida odamlar yaşamaydigan hududda halokatga uçragan. Uning bortida öq-dorilar bölmagan. Vazirlik yerda vayrongarçiliklar kuzatilmaganini qöşimça qilgan.

Dastlabki taxminlariga köra avariyaga texnik nosozlik sabab bölgani aytilgan.

Ammo «Ukrainskaya pravda» monitoring telegram-kanallarga tayanib samolyot urib tuşirilgani haqida yozdi. 

Keyinroq Ukraina qurolli kuçlari ham Tu-22M3 ukrain aviatsiyasi va Ukraina boş razvedkasi boşqarmasi ötkazgan amaliyot davomida zenit raketa bilan urib tuşirilganini ma’lum qildi. Vazirlikka köra, bunday samolyot birinçi marta urib tuşirilmoqda va u Rossiya qöşini muntazam ravişda Ukraina şaharlari tomon uçirayotgan X-22 qanotli raketalarini olib yuradi.

Zarba Ukraina çegarasidan 300 km masofadagi nişonga berilgani ma’lum qilingan.

19 aprelga ötar keçasi Rossiya qöşini Ukrainaning Dnipropetrovsk oblastiga raketa zarbalari yöllagandi, hujum oqibatida beş qavatli turar joy binosi ham şikastlangan.

«Agenstvo» esa tovuş tezligidan tez uçuvçi Tu-22M3 raketa taşuvçisi Rossiya qöşini Ukrainaga bosqin davrida yöqotgan uçinçi şunday samolyot ekaniga e’tibor qaratgan. Şu bilan birga, u havoda halokatga uçragan birinçi Tu-22M3 böldi.