Germaniyaning Rheinmetall korxonasi Buyuk Britaniya uçun eng yangi Challenger 3 tankining sakkizta prototipini işlab çiqardi, sinovlar davom etmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati xabar berdi.
Umuman olganda, armiyaga uşbu rusumdagi 148 ta tank yetkazib beriş rejalaştirilgan. Challenger 3 mamlakatda 2040 yilgaça xizmat qilişi kutilmoqda.
«Borgan sari xavf ortayotgan dunyoda Challenger 3 kabi tanklarga ehtiyoj juda muhim, çunki Buyuk Britaniya duç keladigan tahdidlar kuçaymoqda. Bu tank Britaniya armiyasining jangovar salohiyatining tayançi va tiyib turuvçi kuçlarining ajralmas qismi böladi», dedi Mudofaa vaziri Grant Şapps.
Londonning ta’kidlaşiça, Challenger 3 ilğor zirh va eng sönggi texnologiyaga ega bölib, «bu Britaniya armiyasi tomonidan işlatiladigan eng qirğinçi va bardoşli tankdir». Gap NATO öq-dorilari bilan mos keladigan silliq stvolli puşka, şuningdek, yaxşilangan zirh va sensorlar haqida ketmoqda.
Oldingi model - Challenger 2 tankini işlab çiqariş 30 yil oldin, 1994 yilda boşlangan va 4 yildan söng foydalanişga topşirilgan edi.












