Kiyev uzoq kutgan xuşxabar. Kongressmenlar harbiy yordam töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi
|23:49 / 21.04.202429 81612 min
Prezident qonunni imzolaganidan keyin bir hafta içida Ukrainaga yangi yordam paketi yetib kelişi kutilmoqda. Bu yangilikdan keyin Ukraina va Yevropadagilar yengil tin olişdi, Rossiyada tahdidli bayonotlar bildirib, la’nat öqişmoqda.
Foto: Reuters
AQŞ Vakillar palatasi köp haftalik keçikişdan söng Ukrainani qöllaşga bilvosita yoki bevosita boğliq bölgan maqsadlar uçun 61 mlrd dollar atrofida mablağ ajratiş töğrisidagi qonun loyihasini köpçilik ovoz bilan ma’qulladi. Bu jarayon yakunlanganidan keyin Vaşington bir neça oylik uzilişdan keyin Kiyevga harbiy ta’minotni tiklaşi mumkin böladi.
Qonun loyihasi uçun demokratlar ham, respublikaçilar ham ovoz berişgan: 311 ta «ha», 112 ta «qarşi» ovoz. Ovoz berişda iştirok etgan demokratlarning barçasi - 210 kişi Ukrainaga yordamni ma’qullagan. Respublikaçilar orasida 101 kişi «ha» degan, ammo uşbu partiyaning palatadagi vakillaridan yarmidan köp qismi, 112 nafar kongressmen, «qarşi» ovoz bergan.
Budjet sörovi hali Senat tomonidan ham qayta tasdiqlanişi lozim, u yerda Ukrainaga yordam tarafdorlari köpçilikni taşkil etadi. Senatda köpçilikni taşkil etuvçi demokratlar yetakçisi Çak Şumer ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida senatorlar «birinçi ovoz beriş jarayonini seşanba kuni yakunlaşi»ni ma’lum qilgan. Bu sönggi ovoz beriş bölmaydi, ammo Senat hafta davomida qonun loyihasini ma’qullaşi kutilmoqda.
Keyin uni imzolaş uçun demokrat prezident Jo Baydenga taqdim etişadi, u hujjat öziga kelib tuşgan zahoti unga imzo çekişni va’da qilgan.
Ukrainani qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qonun loyihasi jami 60,84 mlrd dollarlik xarajatlarni öz içiga oladi, ammo şundan 23,2 mlrd dollar Kiyevga harbiy yordam yetkazib beriş tufayli qisqargan Amerika harbiy zaxiralarini töldirişga, 11,3 mlrd dollar esa amerikalik harbiylarning mintaqadagi faoliyatini (ukrain harbiy xizmatçilarini mamlakatdan taşqarida tayyorlaş va NATOning şarqiy qanotidagi harbiylarni uşlab turiş xarajatlari) moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Ötgan hafta davomida Politico va Washington Post naşrlari yozganidek, Pentagon Ukraina uçun harbiy yordamning katta partiyasini oldindan tayyorlab qöygan, şuning uçun budjet uzil-kesil tasdiqlangaç, öq-dorilar «bir haftadan kamroq» vaqt içida ukrain armiyasiga yetib boradi.
Şuningdek, şanba kuni Vakillar palatasi Isroil va Tayvanga yordam paketlari uçun alohida ovoz berdi. Avvaliga ular Ukrainani qöllab-quvvatlaş budjeti uçun yagona paketning bir qismi edi, ammo yakunda palata spikeri ularni ajratişga qaror qildi. Ularni ham Senat qaytadan takrorlaşi talab etiladi, şundan keyin prezident ularni imzolaşi mumkin.
Mavzuga oid
Ukraina va Yevropadagi ittifoqçilar kongressmenlarning qarorini olqişlaşgan, Moskvada bu yangilikni kutilgan qaror deb ataşdi va qoralaşdi.
155-kalibrli snaryadlarning metall korpusi Skrentondagi zavodda (Pensilvaniya ştati) işlab çiqarilmoqda. Bu Jo Bayden tuğilgan şahar hisoblanadi. Foto: Reuters
Birinçi jang Senatda bölgandi
Ukrainaga yordam borasidagi bahslar Amerika Kongressida qariyb beş oy davom etdi.
Ötgan yil oxirida Vaşington Kiyevga sönggi yordam partiyalaridan birini yuborganida AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi rasmiy vakili Jon Kirbi agar Kongress yaqin haftalar içida Ukrainaga yordamning yangi paketini tasdiqlamasa, buning uçun budjetda mablağ qolmasligidan ogohlantirgandi.
Kiyev harbiy yetkazmalarning köplab turlarini yetarli miqdorda faqat AQŞdan olişi mumkin: bu birinçi navbatda havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar hamda artilleriya snaryadlari. Bunday öq-dorilar taqçilligi ukrain armiyasini oğir ahvolga solib qöydi va asta-sekin çekinişga majbur qildi, tahlilçilar esa bir neça marta front qulaş arafasida ekanidan ogohlantirdi.
Şunga qaramay yordam paketi demokratlar nazoratidagi Senatdan ötişi ham qiyin keçgandi. Dekabr oyida ozçilikni taşkil etuvçi respublikaçilar Bayden ma’muriyatining Ukraina, Isroil va Tayvanga yordamni birlaştirgan qonun loyihasini bloklagandi.
Unda «ukrain» moddasi uçun eng köp mablağ ajratilgandi — 61 milliard dollar (buning sezilarli qismi Amerika arsenalini töldiriş va Şarqiy Yevropadagi Amerika qöşinlarini moliyalaştiriş uçun sarflanişi közda tutilgandi), qolgani Isroilga harbiy yordam, Ğazo sektoridagi falastinliklarga insonparvarlik yordami va Tayvanni hamda Hind-Tinç okeani mintaqasidagi boşqa ittifoqçilarga harbiy yordam körsatiş uçun.
Kongressning har ikki palatasidagi respublikaçilar qonun loyihasini qöllaş evaziga Meksika bilan çegarada nazoratni kuçaytirişni talab qilişdi. Fevral oyi boşida Oq uy va demokratlar yon berişga rozi böldi, sobiq prezident Donald Tramp bunday kelişuvga qarşi çiqqaç, respublikaçilar baribir tahrirlangan qonun loyihasini ham qöllab-quvvatlaşmadi.
Öşanda demokratlar Senatda çegara haqida heç qanday modda bölmagan xorijiy yordam töğrisidagi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi va köplab kuzatuvçilarni hayron qoldirgan holda bu loyiha oson ötdi, qolaversa, demokratlardan taşqari respublikaçilarning qariyb yarmi ham «ha» deb ovoz berdi. Bunday şaklda yordam miqdori 95 mlrd dollarni taşkil etardi.
Agar AQŞ Ukrainaga yordamni yetarli miqdorda tiklamasa, Rossiya armiyasi keyingi oylarda katta yutuqlarga erişişi mumkin
Senatdan ötgan qonun loyihasi uzoq vaqt Vakillar palatasida qolib ketdi
Vakillar palatasida respublikaçilar nisbatan köpçilikni taşkil etadi, ammo bu yerda ham har ikki partiyaning köpçilik vakillari agar ovoz berişgaça yetib kelsa, uşbu qonun loyihasini qöllaşga tayyorligini bildirişgandi.
Ammo yordam paketiga qarşi bölgan respublikaçilar guruhi agar qonun loyihasini ovozga qöygudek bölsa, palata spikeri Mayk Jonsonni lavozimidan çetlatiş bilan tahdid solişdi. Jonson Jo Bayden va xorijiy davlatlar rahbarlarining unatişlariga qaramay, ikki oydan ortiq vaqt davomida yordamga qarşi guruhning izmiga böysundi.
Ammo çorşanba kuni u pozitsiyasini özgartirib, oqibatlarini öylamasdan, taomiliga köra iş tutişga qaror qilganini ma’lum qildi.
Ğazoda uruş olib borayotgan Isroil töğrisidagi qismi tufayli bir guruh demokratlar ham qonun loyihasiga ovoz berişga qarşi çiqişgandi.
Yakunda spiker Ukraina, Isroil va Tayvanga yordamlarni alohida qonun loyihalari sifatida rasmiylaştirişni taklif etdi. Bu ğoyani Vakillar palatasining qurolli kuçlar, taşqi işlar, razvedka, budjet böyiça qömitalar hamda mudofaa budjeti böyiça quyi qömita raislari qöllab-quvvatladi. Keyin prezident Bayden ham Mayk Jonson tomonidan kiritilgan qonun loyihalarini qöllaşini bildirdi.
Konservativ spikerning demokratlar bilan alyansi
Mayk Jonson Respublikaçilar partiyasining trampçilar qanotiga loyalligi uçun 2023 yil oktyabrida palata spikeriga aylangandi
Respublikaçi Mayk Jonsonga saylov ötkazişda demokratlarning ovozlari yordam berdi. Bu noodatiy holat: odatda Vakillar palatasida köproq vakilga ega bölgan partiya palata faoliyatini taşkillaştiriş böyiça barça masalalarni faqat öz ovozlari bilan hal qiladi: kun tartibini, reglamentni belgilaydi, spikerni va boşqa rasmiylarni saylaydi. Palatadagi a’zolari soni kam bölgan partiya esa odatda bunday jarayonlarda qarşi ovoz beradi.
Ammo Vakillar palatasida respublikaçilarning demokratlardan ustunligi katta emas: 213 taga qarşi 217 ovoz ustunligi (yana beşta örin hozirda vakant). Agar heç bölmaganda ikki nafar respublikaçi öz fraksiyasi bilan birga ovoz berişni istamasa, demokratlar esa töliq tarkibda qarşi ovoz bersa, qaror ötmaydi. Xorijiy davlatlarga, ayniqsa Ukrainaga yordam körsatişga qarşilar respublikaçilar orasida ança köproq.
Natijada qonun loyihalarini ovozga qöyiş böyiça protsessual qaror demokratlar pozitsiyasini özgartirişi evaziga muvaffaqiyatli qabul qilindi (316 kişi yoqlab ovoz berdi, faqat 94 kişi qarşi böldi). Palata a’zolari bölgan respublikaçilarning bir qismi bu qarorga qarşi çiqdi. Lekin öşa ovoz beriş natijasi şanba kungi ovoz beriş natijasiga yaqin edi.
Ukrainaga yordam berişga qarşi respublikaçilar guruhi endi spiker Jonsonni almaştiriş bilan tahdid qilmoqda, ulardan kamida ikki nafari oçiqçasiga uning iste’fosini qöllaşini bildirdi. Şuning özi ham yetarli bölişi mumkin – agar demokratlar yana unga yordamga kelişmasa.
Reaksiya: Ukraina va Yevropada yengil tin olişdi, Rossiyada tahdid solib, la’nat öqişmoqda
Amerikaning uzoq kutilgan yordami ma’qullanişi Kiyevda mamnuniyat bilan qabul qilindi, AQŞning Yevropadagi ittifoqçilari ham bu özgarişni qizğin olqişlaşdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki partiyaga hamda şaxsan spiker Jonsonga minnatdorçilik bildirgan.
«Bugun Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan Amerika yordami töğrisidagi uşbu muhim qonun loyihasi uruş avj olişiga yöl qöymasdan, ming-minglab odamlar hayotini saqlab qoladi hamda mamlakatlarimiz yanada kuçliroq bölişiga yordam beradi. Adolatli dunyo va xavfsizlikka faqat kuç orqali erişiş mumkin», — deya yozgan Zelenskiy X ijtimoiy tarmoğida.
«Men uşbu qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinganini olqişlayman. Bu har ikki partiya Ukrainani qöllaşda davom etayotganini körsatadi, — deya yozgan NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg. — Bu Yevropadagi ittifoqçilar taqdim etgan önlab milliardlik yordam ustiga jiddiy qöşimça böladi. Juma kuni NATO-Ukraina kengaşi yiğilişida ittifoqçilarning mudofaa vazirlari kelgusida ham Ukrainaga yordam berişga, jumladan havo hujumidan mudofaa salohiyatini oşirişga kelişib olgandi. Senatni zudlik bilan harakat qilişga va mazkur qonun loyihasini prezident Baydenga yuborişga çaqiraman».
«AQŞ Vakillar palatasining Ukraina uçun 60 mlrd dollar atrofidagi yordamni qöllab-quvvatlaşi — oldinga taşlangan juda muhim qadamdir, — deya yozgan Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri, lord Devid Kemeron. — Agar Putin qaçondir Ğarbning Ukrainani qöllaşdagi qat’iyligiga şubha qilgan bölsa, bu bizning kollektiv irodamiz sönmaganini namoyiş etadi. Qöllab-quvvatlov bilan Ukraina ğalaba qozonişi mumkin va ğalaba qozonadi ham. #StandWithUkraine».
Moskvada Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Ukrainaga harbiy yordam körsatilişi haqidagi qaror kutilgan va prognoz qilingan qaror bölgani»ni aytdi. «Bu Amerika Qöşma Ştatlarini yanada boyitadi va Ukrainani yanada vayron qilib, Kiyev rejimi aybi bilan yanada köproq ukrainlar halok bölişiga sabab böladi», degan u.
U şuningdek boşqa çoralar qatori AQŞdagi Rossiya aktivlarini musodara qilişni nazarda tutuvçi boşqa bir qonun loyihasiga ham töxtalgan. Peskovning sözlariga köra, «agar bu çindan ham şunday bölsa, unda Amerika buning uçun javob berişiga töğri keladi. Va bu yerda qandaydir vaqt çeklovlari bölmaydi».
Rossiya TIV matbuot xizmati rahbari Mariya Zaxarova ham şanba kuni Vakillar palatasida qabul qilingan qonun loyihalariga munosabat bildirgan.
«Qöşma Ştatlar tomonidan Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ajratilişi global inqirozni yanada kuçaytiradi: Kiyev rejimiga harbiy yordam terrorçilik faoliyatiga töğridan töğri homiylik qiliş, Tayvanga yordam körsatilişi — Xitoyning içki işlariga aralaşuv, Isroilga yordam körsatilişi — mintaqadagi misli körilmagan keskinlaşuv kuçayişiga töğridan töğri yöl», — deya yozgan Zaxarova öz telegram-kanalida.
RF Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari hisoblangan Dmitriy Medvedev odatdagi kabi hissiyot bilan fikr bildirgan.
«Ularning töyinmagan harbiy-sanoat kompleksi böğziga tuşadigan qonli 61 mlrd dollarga qaramay, biz, albatta, ğalaba qozonamiz. Kuç va haqiqat biz tomonda, — deya yozgan Medvedev öz telegram-kanalida. — Ammo bu rusofob qaror tufayli men AQŞga imkon qadar yangi fuqarolik uruşini tilayman».