Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Möğulistonga safar qiladi. Taşriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit böyiça aloqalarni kengaytiriş maqsadida muzokaralar ötkaziladi.
The Independent xabariga köra, Kemeron Markaziy Osiyo «Britaniya duç kelayotgan eng katta muammolarning markazida» ekanligidan ogohlantirib, uning «qiyinçilik bilan erişilgan suverenitetni» qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator çora-tadbirlarni e’lon qiladi.
Duşanba kuni Duşanbedagi Millat saroyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşuvda Devid Kemeron biznes, iqlim özgarişi va terrorizmga qarşi kuraş kabi muhim sohalarda hamkorlik qiliş uçun «köproq iş qila olamiz», dedi.
«Mamlakatingizga taşrif buyurgan Britaniyaning birinçi taşqi işlar vaziri ekanligimdan mamnunman. Oradagi tanaffus juda uzoq davom etganidan afsusdaman», dedi u prezident Rahmonga.
«Biz Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyoning barça respublikalari örtasidagi munosabatlarda yangi davrni şu yerda, Tojikistondan boşlamoqçimiz. Bu yerga: «Hamkorlikni kengaytiraylik, birgalikda köproq işlarni qilaylik» deyiş uçun kelganman», dedi u.
Britaniya taşqi işlar vazirining Tojikiston, Qirğiziston va Turkmanistonga birinçi safari Britaniyaning haşamatli avtomobillari sobiq sovet davlatlari orqali hamon Moskvaga yöl olayotgani haqidagi xabarlar fonida sodir böldi.
RF ikki yil avval Ukrainada uruş boşlaganidan keyin Britaniya tomonidan Rossiyaga yuqori sinfdagi avtomobillar eksporti taqiqlangan edi, biroq maşinalarning unga qöşni davlatlarga sotilişi keskin oşib ketişidan xavotirlar bor.
Kemeron mintaqa böylab yetakçilar bilan muzokaralar çoğida «sanksiyalardan qoçiş, inson huquqlari va islohotlar böyiça muhokamalarni olğa siljitişga» intiladi, deya ma’lum qildi taşqi işlar vazirligi.
U Britaniya universitetlarida çet eldan kelganlarni qöllab-quvvatlovçi Chevening stipendiyalari uçun mablağ miqdori ikki baravar oşirilişi va kelgusi uç yil davomida mintaqa böylab rivojlaniş xarajatlari uçun 50 million funt sterling ajratilişini e’lon qiladi.
Ingliz tilini tarğib qiliş uçun möljallangan yangi sxema, jumladan, Markaziy Osiyo böylab öqituvçilar uçun moslaştirilgan mahalliy kontentga ega onlayn öquv resurslari haqida ham e’lon qilinadi, deya xabar beradi taşqi işlar vazirligi.

















