Qahramon Sulaymonov Toşkent şahar FVB yonğin qutqaruv otryadi qutqaruvçisi, 8 yildan beri şu sohada işlab keladi. U qutqaruvçilik qiyin kasbligi, buni bilib turib özi şu kasbni tanlaganini ta’kidlaydi.

“Qörquv ham bölgan, ketib qolmoqçi ham bölganman. Bundan oldin boşqa joylarda işlaganman, akalarim ğavvos bölib işlagani uçun ularga havas qilib, şu işni tanlaganman. 8 yildan beri işlayapman, oldingi işlarimga qaraganda mas’uliyatliroq va savobliroq”, deydi u.

Qahramon Sulaymonov, qutqaruvçi ğavvos

Poytaxt FVB qutqaruvçisi Bourjon Turonbekov ilk işini Milliy boğdagi kanalda qidiruv işlaridan boşlaganman deya xotirlaydi:

“Suv tagida ança yurganman, ölik oldimdan çiqib qolgan, qölim tegib ketgaç, kuçli qörquv paydo bölgan, özimni yöqotib qöyganman. Ön soniya “muzlab” qolganman. Özimga kelib olib, jasadni olib çiqqaç, naqadar qiyin kasb tanlaganimni his qilganman. Hafta-ön kun özimga kelolmay yurganman, özimdan ötganini özim bilaman”, deydi Bourjon Turonbekov.

Bahodir Madaliyev FVV maxsus vazifalar böyiça Respublika qutqaruv markazida suvda qutqaruv otryadi qutqaruvçisi, 2005 yildan buyon ğavvoslik bilan şuğullanib keladi. Uning ta’kidlaşiça, qidiruv işlarida bir kişi işi emas, jamoaviy bölib işlanadi. Yil davomida 8-10 nafar çökib ketgan odamlarni suv ostidan olib çiqadi.

Bahodir Madaliyev, qutqaruvçi ğavvos

Saidahmad Nabiyev 19 yildan beri şu sohada. Bayramlarda, oilaviy tadbirlarda ham iş bölib qolişi, qişda sovuq, yozda issiq demasdan, xavfli joylarga çaqiruvlarga çiqişini aytadi.

“Toşkent şahridagi suvlar — oqar suvlar. Bunday suvda tik turib bölmaydi, bosim bilan aylantirib oqizişi mumkin. Şuning uçun suvga qarama-qarşi yotgan holatda paypaslab işlanadi. Somon içidan nina qidirgandek xuddi. Har xil ötkir buyumlar böladi, kesib olişi mumkin”, deydi ğavvos Saidahmad Nabiyev.