“Biz savdo va biznes investitsiyalari, yaşil ösiş va iqlim özgarişi muammolarini hal qiliş uçun sarmoya kiritiş kabi masalalarda hamkor böla olamiz, deb öylayman. Ta’lim va ingliz tilini tarğib qiliş borasida juda yaxşi hamkor böla olamiz, deb öylaymiz. Şu bilan birga, biz mintaqa mamlakatlarini qandaydir tanlov qilişingiz kerak deb majburlamaymiz. Biz öz hamkorligimizni taklif qilmoqdamiz, tanlovni amalga oşiriş esa sizning ixtiyoringizda. Ayni paytda biz juda yaxşi hamkormiz deb öylaymiz”, – dedi Britaniya diplomatiyasi rahbari, Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlarini London qanday qöllab-quvvatlaşi haqidagi savolga javoban.
Devid Kemeron Buyuk Britaniya tomoni Özbekiston bilan hamkorlikning qaysi jabhalarini ustuvor deb hisoblaşi, şuningdek, Rossiya propagandasi fonida OAV erkinligining roli qançalik muhimligi haqidagi savollarga ham javob berdi.
“Avvalo, biz ommaviy axborot vositalari erkinligi muhim deb hisoblaymiz. Prezidentingiz, mamlakatingiz demokratiya tarafdori, ommaviy axborot vositalari erkinligi tarafdori ekanidan xabardorman. Biz ham bularning tarafdorimiz. Har bir davlat bu narsalarga öz nuqtayi nazari bilan qaraşi va öz qoidalari öz mamlakatiga mos kelişiga işonç hosil qilişi kerak. Ammo demokratiya har doim bahs-munozara, muhokamalardan iborat.
Mamlakatingizni va bu mintaqani qanday qöllab-quvvatlaşimiz mumkinligi nuqtai nazaridan, menimça, iqtisodiy qöllab-quvvatlaş muhim deb öylaymiz. Biz mintaqaga rivojlaniş uçun ajratilayotgan yordam dasturimizni ikki baravar oşirdik. Fikrimizça, biz savdo böyiça köproq hamkorlik qilişimiz, investitsiyalar böyiça yangi marralarni zabt etişimiz mumkin, ayniqsa iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş uçun yaşil investitsiyalar böyiça. Bularning barçasi ikki mamlakat uçun foydali deb öylayman. Bunday hamkorlik sizning mustaqilligingizni, rivojlaniş va farovonligingizni oşiradi va pirovardida bizning xalqlarimiz ham buni xohlaydi”, – dedi ingliz diplomatiyasi rahbari.
Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirining 1997 yildan keyingi davrdagi Özbekistonga ilk taşrifi vaqtida Keng qamrovli şerikçilik töğrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro boğliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi imzolandi.
Taşrifdan avval Kun.uz Devid Kemeronning maqolasini e’lon qilgandi. Unda Britaniya–MO hamkorligini yangi darajaga kötaradigan ustuvor yönalişlar haqida söz yuritilgan.















