Şu kunlarda xonanda Botir Qodirov hamda marhum san’atkor Şerali Jörayevning öğillari örtasidagi mojaro tarmoqlarda köpçilikning muhokamasiga sabab bölib turibdi.

Mavzu atrofida aylanayotgan savollarga javob beriş uçun 25 aprel kuni Botir Qodirov “Xalqlar döstligi” san’at saroyida konsert oldidan jurnalistlarga intervyu berdi. Xonanda nima uçun sudga murojaat qilganini tuşuntirar ekan, Şerali Jörayev uning biologik otasi bölganini va bundan keyin ham şunday bölib qolişini aytdi. 

“43 yil indamasdan keldim”

— Bu narsani xalqimiz, muxlislarimiz biladi, bilganlar biladi, şubha qilganlar ham bor. Buni katta bölgan joyim, butun Andijon biladi. U yerga borib sörasanglar, butun Andijon xalqi gapiradi bu haqda. Bu yaşiradigan narsa emas edi, lekin buning öziga yaraşa sababi bölgani uçun yaşirib kelgandim, oçiq gapirmagan edim. 

Çunki 20 yoşimgaça otam bilan munosabatimiz iliq bölgan, otam mendan xabar olganlar, men ota eşigida katta bölganman, yozgi ta’tillarni otamning ota hovlisida, ya’ni Andijonning Asaka tumanida ötkazganman, otamning onasi, otasining oldiga körgani borardim, ular meni kötarib katta qilişgan, böla bilan öynab yurgan davrlarim bor va hokazo. Normal oilada böladigan holat... 

5 yoşgaça, otam bilan onam ajraşgunga qadar birga yaşaganmiz. Otam bilan onamning uçraşişi – otam onamni yaxşi körib qolgan va nikoh qilganlaridan söng men dunyoga kelganman. Men nikohli farzandman, benikoh farzand emasman. Şunga ham aniqlik kiritib qöyişim kerak, çunki har xil notöğri fikrlar bölyapti. Buni otam, mening atrofimdagi yaqinlar, öşa davrning insonlari juda ham köpçilik biladi, nikohga guvoh bölganlar bor, kerak bölsa, buni taqdim qila olamiz. 

Otam hozirgi oilasi bilan yaşab, uylangunga qadar biz birga yaşaganmiz. 4-5 yoşlik vaqtim ajraşganmiz. Öşa yillardan to 20 yoşimgaça biz har yili otam bilan Andijonga kelib-ketib yurgan vaqtda körişar edik, otam menga moddiy yordam berar edi. Bizning ota-bolaligimiz yuksak darajada bölgan. Hatto “sizni soğinyapman, körgim kelyapti” desam, “men qaçon Andijonga kelsam, sen kelaver, endi katta bola bölib qolding”, derdilar. Umuman olganda bu masalaga oid juda ham köp narsalar bor. Lekin hozir buning hammasini oçiqlaşga vaqt yetmaydi. 

Otam mendan söragan joylari, aytib ketgan gaplari bor. “Bolam, endi katta yigitsan, tuşunişingni xohlayman. Hayotda ba’zi bir masalalar böladi, sen bunga sabr qilişingiz kerak böladi. Men seni ehtiyot qilişim kerak”, deganlari uçun men 43 yil indamasdan keldim. Heç qaçon otamning tinçligini buzmaslikka harakat qilib, yigit sifatida otamning sözlarini ikki qilmaslikka şu vaqtgaça harakat qilib keldim.