Rossiya Xavfsizlik kuçlari «Krokus Siti Xoll»dagi terakt işiga aloqador yana bir şaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begijonoviç Qurbonovni hibsga oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qölga olingan şaxs Tojikistonning Farxor şahrida tuğilgan, 2003 yilda tuğilgan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan ölimiga olib keladigan terrorçilik harakatini sodir etiş) bilan ayblanmoqda.
Qurbonov aynan qaysi qilmişi uçun uşlangani xabarda batafsil keltirilmagan.
Avvalroq, teraktga bevosita aloqadorlikda gumon qilinayotgan 4 nafar şaxs – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov, şuningdek, bilvosita aloqador 10 nafarga yaqin kişi hibsga olingan edi. Ularning barçasi Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni keçqurun sodir etildi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata öq uzdi. Hujumçilar binoni ham yoqib yuborişdi, oqibatda tom quladi va konsert zali butunlay yonib ketdi. 140 nafardan ortiq odam halok böldi, 500 nafardan ortiq kişi jarohat oldi.













