Joriy yil 1-çoragida xorijdan Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi oşdi. Bu haqda 25 aprel kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“1-çorakda pul ötkazmalari 2,5 mlrd dollarni taşkil qildi. Bunda Qozoğiston va Rossiyaning uluşi 84 foizgaça pasaydi, Rossiyaning uluşi 68 foizgaça pasaydi. Pul ötkazmalari ötgan yil birinçi çorakka nisbatan 8,6 foizga ösdi”, – dedi regulyator rahbari.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Özbekistonga 11,4 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kirib kelgan. Bu – anomal ösiş kuzatilgan 2022 yilga nisbatan 33 foizga kam, 2021 yilga nisbatan esa qariyb 42 foizga köp. Ötgan yili umumiy pul ötkazmalari 33 foizga kamaygan bölsa, Rossiyadan ötkazmalar 39 foizga qisqargan. Öz navbatida, boşqa davlatlardan keladigan pul ötkazmalari 15 foizga oşgan.
MBning fevral oyidagi prognoziga köra, 2024 yilda transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 6-8 foiz atrofida ösişi kutilyapti.
“Pul ötkazmalari hajmi 2024 yilda xorijdagi işçi kuçiga yuqori talab natijasida 6-8 foiz atrofida ösişi mumkin. Joriy yilda pul ötkazmalarining kirib kelişi böyiça ijobiy kutilmalar, iqtisodiyotdagi iş haqi miqdorlarining oşib borişi aholi daromadlari real ösişining 5-7 foiz atrofida şakllanişiga xizmat qiladi”, – deyilgan Markaziy bank şarhida.
Jahon banki kuni keça e’lon qilingan prognozlariga köra esa, 2024 yilda pul ötkazmalari hajmi asosan Rossiyaga boradigan mehnat muhojirlari sonining qisqarişi kutilayotgani hisobiga kamayişi mumkin. Jahon banki ekspertlarining fikriça, pul ötkazmalarining kamayişi va importning köpayişi bilan joriy hisob taqçilligi biroz oşadi, lekin barqaror bölib qoladi, çunki Özbekiston iqtisodiyotini isloh qiliş jarayoni xorijiy moliyalaştirişni talab qiladi. Joriy hisob taqçilligi qisman investitsiyalar va qarzlar hisobiga qoplanadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qiliş, bir qator xorijiy mamlakatlarga taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasini yölga qöyiş böyiça sa’y-harakatlarni amalga oşiryapti. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi avvalroq Germaniya va Janubiy Koreyaga bir neça ön ming işçi yuborilişi haqida xabar bergandi. Aprel oyi boşida mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çoralar













