Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, uning hududiy bölimlari va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda joylarda tabiiy resurslardan qarzdorliklarni yöq qilib bermoqçi bölgan mas’ullar uşlangan.
Jumladan, departamentning Xonobod şahri bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Xonobod ETK elektromontyori Ş.K. “B.X.” MÇJning kafe binosida elektrdan noqonuniy foydalangani holati böyiça hisoblangan 32 mln söm zararni tanişlari yordamida 2 mln sömgaça kamaytirib berişi evaziga 300 dollar olgan vaqtida uşlangan.
Departamentning Uçtepa tuman bölimi DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Toşkent şahar suv ta’minoti” AJning Uçtepa tuman bölimi inspektori A.B. fuqaro K.D.ning xonadonida içimlik suv ta’minotidan 7 mln söm qarzdorligini yöq qilib berişi evaziga 5 mln söm olgan vaqtda uşlangan.
Departamentning Jomboy tuman bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa, “Hududgaz-Samarqand” GTF tuman bölimi xodimi S.Q. fuqaro M.M.ning işonçiga kirib, uning xonadonini gaz tarmoğiga qayta ulab, hujjatlarini rasmiylaştirib berişi evaziga 250 dollar olgan vaqtida uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















