Yangi qurilayotgan xonadonlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirganlikda gumonlangan ikki shaxs qidiruvga berildi
Toshkentda fuqarolarning yangi xonadonlar uchun to‘langan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berilgan. Uylar ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. Kompaniya rahbari qamoqqa olingan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirgani, biroq MChJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmagani sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977 yilda tug‘ilgan O.Sh. Max-House-Group MChJni tashkil qilib, o‘zining sheriklari - 1982 yilda tug‘ilgan A.O. va 1989 yilda tug‘ilgan A.S. bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan.
Jumladan, O.Sh. MChJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishini ma’lum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan. Ammo ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutasaddi tashkilotlardan ruxsat olinmagan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmagan. Ular kadastr hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadonlarni fuqarolarga sotishini bildirib, aldov yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida O.Sh.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Gumonlanuvchilar A.S. va A.O. tergovdan qochib yashiringani sababli, ular qidiruvga berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi
Jahon | 16:47
-
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex
O‘zbekiston | 16:38
-
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Sport | 16:32
-
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi
O‘zbekiston | 16:29
Mavzuga oid

09:17 / 14.04.2025
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

08:10 / 24.01.2025
2025 yilda renovatsiya asosida 20 ming xonadon quriladi

12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

15:10 / 11.10.2024