Reyd davomida daryoning muhofaza mintaqasida 1 dona ekskavator va 2 dona yuk maşinasi yordamida qum-şağal qazib olinib, örniga quriliş beton qoldiqlari joylaştirilayotgani aniqlandi va transport vositalari voqea joyida töxtatildi. Örganiş davomida bu işlar MÇJga tegişli texnikalar yordamida heç qanday ruxsatnomasiz amalga oşirilayotgani aniqlandi.

Ma’lum bölişiça, Sergeli tumani hokimining 2019 yil 26 avgustdagi farmoyişiga asosan Sergeli tumani, Quruvçi dahasi, 25-uyda joylaşgan 2,26 gektar yer maydoni obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş maqsadida MÇJga biriktirib berilgan. Farmoyişning 3-bandida mazkur hududda daraxt va gul köçatlarini ekiş belgilanib, 4-bandida biriktirilgan hududda quriliş va boşqa çiqindilarni joylaştiriş javobgarlikka sabab bölişi töğrisida ogohlantirilgan.

Farmoyiş talablariga amal qilinmagani natijasida «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonun 22-moddasi hamda «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi qonun 41-moddasi talablari buzilgan. Tabiatga qum-şağal qazib olinişi natijasida 21,4 milliard, çiqindilar noqonuniy joylaştirilişi natijasida esa 112,5 million sömga yaqin zarar yetkazilgan.

Bundan taşqari, Boş prokuratura xatiga asosan Toşkent şahar Sergeli tumanidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosining boşqa bir qismida ham örganiş işlari olib borildi. Natijada daryoning muhofaza zonasi va qirğoq böyida taxminan 4 gektarga yaqin maydonda qaziş işlari amalga oşirilgani ma’lum böldi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa qariyb 62,3 milliard sömni taşkil qildi.

Yuqoridagi har ikki holatga huquqiy baho beriş, aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çora köriş va tabiatga yetkazilgan zararni undiriş maqsadida barça hujjatlar Boş prokuraturaga yuborilgan.