Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron yaqinda Markaziy Osiyo böylab safariga narxi taxminan 42 million funt sterling (52,6 million dollar) bölgan haşamatli samolyotni ijaraga olgani uçun tanqid qilindi, deb yozdi The Guardian.
Kemeron ötgan haftada Embraer Lineage 1000 samolyotida Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Möğulistonga beş kunlik taşrif bilan bordi.
Samolyotga egalik qiladigan Union Aviation kompaniyasi öz veb-saytida havo kemasida yölovçilarga şarob tanlaşda yordam beradigan someliye borligini ma’lum qilgan. Kompaniya, şuningdek, «eng talabçan yölovçilar» uçun oziq-ovqat menyusini taklif qiladi. Samolyotda şuningdek, ovqatlaniş stoli va uzaytirilgan divanlar bilan plazma TV ham mavjud.
Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi vakili Emili Tornberi buning uçun Kemeronni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qildi.
«Men Devid Kemeron bir hafta içida bir neçta mamlakatlarga sayohat qilganda samolyot ijaraga olişi kerakligini tuşunaman, ammo bu bozordagi eng haşamatli şaxsiy samolyotlardan birini ijaraga oliş uçun soliq tölovçilar hisobidan yuz minglab funt sarflanişini oqlamaydi», dedi u.
Kemeron safaridan oldin, Britaniya hukumati taşqi işlar vaziri Britaniya biznesi imkoniyatlarini ilgari suriş uçun borayotganini va mintaqadagi davlatlar suvereniteti, mustaqilligini qöllab-quvvatlaşga uçun 50 million funt sterling (62,7 million dollar) miqdorida yangi mablağ ajratilişini e’lon qilgan edi.
Ötgan yili taşqi işlar vaziri bölib işlagan Jyeyms Kleverli Karib dengizi va Lotin Amerikasi böylab 8 kunlik sayohati uçun xuddi şu turdagi samolyotdan foydalanganda taxminan 400 ming yevro (428 ming dollar) tölagani uçun tanqid qilingan edi.
Boş vazir Rişi Sunak ham Buyuk Britaniyadagi qisqa masofali safarlari uçun samolyotdan foydalanişi tufayli muntazam tanqid ostiga olinadi.
Avvalroq, Rişi Sunak, Devid Kemeron va qirol Çarlz III Dubaydagi COP28 iqlim anjumaniga alohida samolyotlarda parvoz qilgani uçun ham tanqid qilingan edi.

















