Toşkent viloyati Ohangaron tumanida boğ yoqib yuborildi. Bu haqda Ekolog.uz Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lumotda yonğin oqibatida 1500 ga yaqin daraxtlar yonib ketgani aytiladi. Murojaatçi uşbu holat yuzasidan jinoiy va ma’muriy iş oçilmayotganidan norozi bölib, tegişli taşkilotlardan e’tibor qaratişni söragan.
Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi Ohangaron tumani bölimi vaziyatni joyiga çiqib örgangan. Murojaatda ta’kidlangan hudud Ohangaron tumani «Özbekiston» MFY hududidan oqib ötgan Ohangaron daryosi muhofaza mintaqasi ekani, hududda noma’lum şaxs tomonidan öt yoqib yuborilgani aniqlangan.
Hududdagi mavjud mevali va manzarali daraxtlar yonib ketişi oqibatida tabiatga zarar yetkazilgan. Bu bilan «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi qonunning tegişli moddalari talablari buzilgan.
Holatga oydinlik kiritiş maqsadida inspektorlar tomonidan töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.




















