Mustaqil matbuot xabariga köra, Rossiya rasmiylari Belgorod viloyatida yangi harbiy aerodrom qurişni boşlagan. 29 aprel, duşanba kuni media-kompaniyalar Alekseyevka şahridan 9 km ğarbda va Rossiya Federatsiyasi keng kölamli uruşni davom ettirayotgan Ukraina bilan çegaradan 75 km uzoqlikda joylaşgan quriliş maydonining sun’iy yöldoş tasvirlarini e’lon qildi.
Xabarlarda aytilişiça, aerodromning uçiş-qöniş yölagi uzunligi taxminan 1800 m bölişi mumkin, bu Il-76 harbiy-transport samolyotlarini qabul qiliş va jönatiş imkonini beradi.
Alekseyevka yaqinidagi yangi aerodrom
Şu tariqa jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan ma’lumotni tasdiqladi. Mustaqil matbuot RedIntelPanda OSINT-akkaunti ma’lumotlariga asoslangan, u şu kuni X’da Belgorod viloyatida harbiy logistika markazi qurilişi haqida yozgan edi. Uning ma’lumotiga köra, 2023 yil iyul oyida bu yerga yöl qurilgan va qiş boşlanişiga qadar uçiş-qöniş yölagining sxemasi deyarli yakunlangan, aprel oyida esa yöl qoplamasi yotqizilgan.
Matbuot xabariga köra, Rossiya Qurolli kuçlarining muhim logistika markazi Belgorod viloyatidagi Alekseyevkada joylaşgan.

















