Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi taşabbusi bilan Qozoğistonning “Ana Uyі” jamoat fondi hamkorligida Toşkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi oçiladi.
Agentlik xabariga köra, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Uyі” ijtimoiy loyihasi örtasida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Hamkorlikning maqsadi qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ijtimoiy va ikkilamçi yetimlikning oldini olişdagi tajriba va metodologik könikmalar almaşişga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyişdan iborat.
Birinçi “Ona uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yoş bolali ayolni qabul qilişi mumkin. Ikkinçi bosqiçda “Ona uyi” natijalari asosida hamda Özbekistonning ma’lum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat böylab kengaytiriş belgilangan.

Markaz qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini özlari tarbiyalaş imkoniyatini beriş orqali yordamlaşadi. Bu yerda ularga ma’naviy, psixologik va moddiy yordam körsatiladi hamda uşbu yordam barça zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-keçak, şuningdek, ayol va bola uçun tibbiy yordamni öz içiga oladi.
Şu bilan birgalikda, “Ona uyi” loyihasi doirasida markazda yaşovçi onalarni kasbiy tayyorlaş dasturi amalga oşiriladi. Kelgusida “Ona uylari”da tikuvçilik ustaxonalarini oçiş, onalarga turli mutaxassisliklar böyiça ta’lim beriş rejalaştirilgan.
















