AQŞ sudi dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi Binance asosçisi Çanpen Çjaoni 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sud 47 yoşli Çjaoni AQŞ pul yuvişga qarşi kuraş qonunlarini buzganlikda aybdor deb topdi. Ayblovga köra, Binance rahbariyati terrorizm, bolalar pornografiyasi va boşqa noqonuniy faoliyatni moliyalaştiriş bilan boğliq tranzaksiyalardan xabardor bölgan - biroq platforma bu haqda huquq-tartibot idoralarini xabardor qilmagan.
Çjao öz aybini tergov bilan kelişuvining bir qismi sifatida tan oldi va Binance rahbari lavozimini tark etdi. Sud uni prokuratura talab qilganidan (3 yil) kamroq muddatga jazoladi. Şuningdek, Çjao 4 oylik qamoqdan taşqari, 50 million dollar jarima tölaşi kerak.
Çjao dunyodagi eng boy odamlardan biri. U Forbes milliarderlar röyxatida 50-örinni egallab turibdi, uning boyligi 33 milliard dollarga baholangan.
Mart oyida FTX kriptobirjasi asosçisi Sem Benkman-Frid Qöşma Ştatlarda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U mijozlar pulini öğirlaşda aybdor deb topildi. Bankrot bölişdan oldin uşbu birja Binance birjasining asosiy raqobatçilaridan biri edi.

















