Yevropa Ittifoqi Suriyadan hozirda uşbu mamlakatda yaşayotgan qoçqinlar oqimini töxtatiş uçun Livanga umumiy qiymati bir milliard yevroga yaqin moliyaviy yordam beradi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 2 may, payşanba kuni Bayrutda Livan boş vaziri Najib Mikati va Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis bilan muzokaralardan söng bu mablağlar 2024 yildan 2027 yilgaça bölgan davr uçun ajratilganini ma’lum qildi.
Fon der Lyayyenning sözlariga köra, Bryussel noqonuniy migratsiya oldini olişda samarali hamkorlikka umid qilmoqda. Livanni migratsiya siyosatida qöllab-quvvatlaş uçun, migratsiya kelişuvining bir qismi sifatida Yevropa Ittifoqi Yevropaga qonuniy yöllarni oçiq saqlaş va Livandan qoçqinlarni YeIga joylaştiriş majburiyatini oladi.
Bundan taşqari, pul Livan qurolli kuçlari va boşqa xavfsizlik kuçlarini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi – gap, birinçi navbatda, çegara nazorati uçun kadrlarni jihozlaş va öqitiş haqida bormoqda. Yevropa yordami, şuningdek, Livanning soğliqni saqlaş, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar tizimini mustahkamlaşga qaratilgan böladi.
Yil boşidan beri Livandan 4000 suriyalik qoçqin Kiprga keldi
Livandan suriyalik qoçqinlar soni ortib borayotgani Yevropa Ittifoqida, ayniqsa Kiprda xavotir bilan kuzatilmoqda. Prezident Xristodulidisning sözlariga köra, qoçqinlar sönggi oylarda deyarli har kuni qayiqda kelmoqda. Yil boşidan beri ularning soni qariyb 4000 ga yetdi, 2023 yilning birinçi çoragida esa Kiprga atigi 78 nafar muhojir yetib kelgandi.
Kiprdagi qoçqinlar lagerlari gavjum va orol davlati rasmiylari suriyaliklarning boşpana söraş arizalarini körib çiqişni töxtatdi. Ularning aksariyati Suriyadan kelib Livanda yaşayotgan qoçqinlardir. 5,3 million aholiga ega va öz tarixidagi eng oğir moliyaviy inqirozni boşidan keçirayotgan Livanda 1,5 milliondan ortiq suriyalik qoçqin yaşaydi.

















