«Egalari uylarini bizga emas, rossiyaliklarga ijaraga berişni istaşadi, çunki ular ikki barobar köproq haq tölaşadi. Bizning ijara haqimiz ham kötarilib ketdi», deydi 23 yoşli Dilyan. U gözallik salonida işlaydi va kuniga 300 lira (9,3 dollar) pul topadi. U özining yoş bolalariga sönggi marta qaçon göşt xarid qilganini eslay olmaydi.

Antalya — Turkiyaning yirik şaharlari biri, mamlakat taşqarisida maşhur kurort. Lekin uning ikkinçi nomi ham bor: «Kiçik Rossiya».

Şahar meri Muhiddin Böçekning aytişiça, şaharning 2,5 mln aholisidan 200 mingi rus tilida sözlaşadi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, ruslar — Antalyadagi eng yirik xorijiy qatlam, ulardan keyin qozoqlar va ukrainlar turadi.

Turkiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 32 ming rossiyalik va 14 ming ukrainalik Antalyada yaşaş uçun istiqomat guvohnomasi olgan.

BBC’ning turkiyalik muxbiri Fundanur Özturk Antalyadan reportaj tayyorladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, yangi migratsiya oqimlari tufayli şaharda juz’iy özgarişlar röy berdi. Turarjoylarning narxi va ijara bahosi keskin kötarilişi barobarida mahalliy aholining xorijliklarga yovqaraşi ham oşa boşladi.

Uruş boşlanganidan söng şaharda turarjoy ijarasi bahosi osmonga örlab, ikki oy içida beş barobarga kötarildi.

Antalya — xorijliklar mamlakat aholisidan köra köproq turarjoy xarid qilgan Turkiyaning yagona şahri. Muhiddin Böçekning sözlariga köra, birgina rossiyaliklarning özi 90 mingdan ortiq uy va xonadonlarni xarid qilişgan.

Şaharning şahar va mahalliy rejalaştiriş böyiça mutaxassisi Bugra Gökçaning aytişiça, 2022 yil martidan buyon Antalyada turarjoylar narxi qariyb 4 barobarga kötarilgan.

Uning sözlariga köra, şaharda avval kvartira ijarasi oyiga 3600 lira (112 dollar) bölgan bölsa, hozir 14 ming lira (435 dollar)ni taşkil etadi.

«Öz davlatidagi immigrantlar»

23 yoşli Dilyan suriyalik qoçqinlar va migrantlar eng köp töplangan tumanda istiqomat qiladi. Uning aytişiça, qoçqin suriyaliklar va qoçqin rossiyaliklar tuşib qolgan vaziyatni hattoki soliştirib ham bölmaydi.