Turkiya Ğazodagi oxiri körinmayotgan bemisl fojialar sabab Isroil bilan savdo aloqalarini töxtatişga qaror qildi. Kun.uz muxbiri bu jiddiy voqea haqidagi savollar bilan Anqara Hoji Bayram Veli universiteti xalqaro aloqalar bölimi doktoranti Fazliddin Madiyevga yuzlandi.
— Turkiya Ğazo inqirozining dastlabki oylarida, ya’ni jiddiy qadamlar kutilganida emas, endi kutilmaganda, uruşga 7 oy bölganda bu qarorga keldi...
— Bu borada köp tortişuvlar bölyapti. Ikkita faktorni e’tiborga oliş kerak: davlatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotni yurgaziş majburiyati bor, ikkinçisi esa fuqarolar munosabatini inobatga oliş. Biror bir davlat bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy aloqalarni yölga qöyiş oson iş emas, Turkiya va Isroil uçun ham oson bölmagan. Muhim faktor yahudiy va musulmonlarning bir neça asrlik tortişuvlari ham bor.
Yaqin Şarqda Turkiya va Isroil demokratik davlatlar bölgani uçun örtadagi tijoriy munosabatlarda ança liberallik bor edi, yillar davomida rivojlangan, çambarças boğliq iqtisodiy hamkorlik bor edi. Şuning uçun birdan yöqotiş oson iş emas. Siyosiy, ijtimoiy faktorlardan taşqari öşa savdo aloqalarini yurituvçi inklyuziv qatlam bor ikki tomonda ham, bir qançasi siyosatga boğliq bölmagan kanallar. Şu sababdan ham Turkiya uçun oson bölgani yöq. Aslida, Turkiya va Isroilda iqtisodiy munosabatlarga davlat aralaşmaydi. Endi bu töxtatiş ikki davlatga ham katta ta’sir qiladi deyilyapti, ayniqsa Isroilda. Umuman, qiziq bir jarayon boşlandi.
— Savdo aloqalarini töxtatiş nuqtasi qayergaça? Turli manbalarda Ğazoga humanitar yordam eşiklari oçilgunça yoki uruş tugagunça, deyilyapti.
— Bunday ma’lumotlar bayonotlar şaklida ham çiqyapti. Erdöğan qisqa bayonotiga köra, Ğarb dunyosi Isroilni qöllayapti, qaçonki bu ikki xil standartlilik töxtamagunça biz harakatdan töxtamaymiz, dedi. Lekin davlatlar doim bir-biri uçun oçiq eşiklar qoldiradi, kelişuvlarga boğliq bu. Erdöğan Ğarb Isroilga yordamni töxtatişi kerak, Turkiya iqtisodiy aloqalarni tiklaşga oçiq, degan mazmunda gapiryapti. Isroil yon berib, Turkiya manfaatlariga töğri keluvçi çiziqda töxtasa, Turkiya savdo, siyosiy aloqalarni ham qayta boğlaşga tayyor ekanini biliş mumkin bu bayonotdan.
Isroil tomondan qarşilik ham bor, lekin Turkiya bilan savdo qilişga xohiş ham bor. Çunki ança arzon olişadi, keyin birlamçi ehtiyoj mahsulotlari. Oziq-ovqat, sanoatda Turkiyaga qaramlik bor Isroilda. Alternativ davlat topib, bu standartlarni tiklagunça ança vaqt ketadi. Umuman, ikki davlat ham bir-biriga oçiq eşiklar qoldirgan.












