Rossiya Ukraina atrofidagi mojaroning yanada kuçayişi fonida Ukraina çegarasi yaqinida taktik yadro qurollari bilan maşğulotlar ötkazişini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Boş ştabi prezident Vladimir Putin topşiriğiga binoan «strategik bölmagan yadroviy kuçlarning jangovar topşiriqlarni bajarişga tayyorligini oşiriş» maqsadida öquv maşğulotlariga tayyorgarlik körişni boşladi, deb xabar qildi duşanba, 6 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi özining Telegram-kanalida.

Xabarda aytilişiça, maşğulotlarda provokatsion bayonotlarga javoban Rossiya davlatining hududiy yaxlitligi va suverenitetini sözsiz ta’minlaş, ayrim ğarb rasmiylarining Rossiyaga qarşi tahdidlariga javob qaytariş maqsadida «nostrategik yadro qurollarini tayyorlaş va qöllaş» (taktik deb ham ataladi) masalalarini işlab çiqiş rejalaştirilgan. 

Maşqlar «yaqin vaqt içida» ötkaziladi. Ularda Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari aviatsiya, şuningdek, dengiz floti kuçlari bilan birgalikda iştirok etadi. Maşqlar ötkaziladigan joy aniqlaştirilmagan. 

Taktik yadro quroli 

Taktik yadro quroli - yadroviy öq-dorilar bölib, ularni yetkazib beriş vositalari nisbatan qisqa masofali (strategik qit’alararo raketalar emas) va nisbatan past quvvatga ega (strategik qurollarga nisbatan), masalan, trotil ekvivalentida bir neça kilotonnalik raketalardir. 

Strategik bölmagan yadro qurollari, xususan, yaqinda Belarusda joylaştirilgan «Iskander» raketa tizimlari tomonidan qöllanişi mumkin. Taxminlarga köra, Rossiya bunday qurollarning dunyodagi eng katta zaxirasiga ega. Ular heç qaçon jang maydonida işlatilmagan. SSSR taktik yadro qurolidan foydalangan holda maşğulotlar ötkazgan. Zamonaviy Rossiyada bunday maşqlar hali kuzatilmagan. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri ğarb davlatlari Rossiya agar frontda muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, taktik yadro qurolidan foydalanişi mumkinligidan xavotirda. 

Fevral oyi oxirida Britaniyaning The Financial Times gazetasi Rossiyaning taktik yadro quroliga oid maxfiy hujjatlar olingani haqida xabar berdi. Ulardan kelib çiqadiki, Rossiya tomonidan bunday qurollarni qöllaş çegarasi Rossiya rasmiylari rasman e’lon qilganidan pastroq - harbiylar ulardan nafaqat Xitoy qöşinlari bostirib kirgan taqdirda, balki «davlatlarni tajovuzdan yoki harbiy mojarolarning kuçayişidan tiyib turiş» uçun ham foydalanişi mumkin. 

Rossiya tahdidlari va Ğarb tanqidi