Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyada muxolifatning ko‘p ming kishilik mitingi bo‘lib o‘tdi
Norozilik aksiyasini Vengriya siyosiy maydonida ilk bor fevral oyida paydo bo‘lgan va katta qo‘llab-quvvatlovga ega yangi muxolifatchi uyushtirdi.

Foto: Denes Erdos/AP/picture alliance
5 may, yakshanba kuni Vengriyaning ikkinchi yirik shahri Debretsenda Onalar kuniga bag‘ishlangan muxolifat mitingi bo‘lib o‘tdi. Uni fevral oyida Vengriya siyosiy maydonida ilk bor paydo bo‘lgan yangi muxolifatchi, hukmron FIDeS partiyasining sobiq a’zosi, huquqshunos Peter Madyar tashkil qilgan. Hukmron partiyaning tayanchi hisoblangan shaharda bo‘lib o‘tgan mitingda 10 ming nafargacha odam qatnashdi.
Debretsen markazida Madyardan tashqari mashhur aktyorlar, qo‘shiqchilar va ruhoniylar sahnada chiqish qildi. Muxolifatchi o‘z nutqida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumatining tashqi va ichki siyosatini tanqid qildi va Vengriya hukumatini korrupsiyada aybladi. Shuningdek, u mamlakatda bolalar nafaqasi miqdorining nihoyatda past darajasini tanqid qildi.
Avvalroq Madyar allaqachon Budapeshtda bir nechta mitinglar uyushtirgan edi. Siyosatchi Vengriya sobiq adliya vaziri Yudit Varganing sobiq eri bo‘lib, u fevral oyida pedofiliya bilan shug‘ullangan shaxsning afv etilishiga oid mojaro tufayli iste’foga chiqqan edi. Xuddi shu oyda Madyar FIDeS tarkibidan chiqqanini va davlat xizmatidan ketishini e’lon qildi. Mart oyida u Yevroparlamentga saylovlarda qatnashadigan, unchalik taniqli bo‘lmagan «Hurmat va ozodlik» (TISZA) markazchi partiyasiga qo‘shilishini bildirgandi. Bir necha oy ichida ilgari noma’lum bo‘lgan advokat mashhur siyosatchiga aylandi va Yevropa parlamentiga saylanish uchun real imkoniyatga ega bo‘ldi. Uning shiorlari aholi orasida qo‘llab-quvvatlanganiga qaraganda, Madyar kelajakdagi saylovlarda Orban uchun tahdidga aylanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa tushdi
O‘zbekiston | 10:11
-
Prezident JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi
O‘zbekiston | 09:51
-
Prezident Air Producs bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 09:48
Mavzuga oid

12:44 / 20.09.2025
YeI Vengriyaga sanksiyalarga veto qo‘ymasligi uchun 550 mln yevro beradi

19:08 / 13.09.2025
Vengriyada go‘rkovlar chempionati o‘tkazildi

08:15 / 13.09.2025
YeI sudi Vengriya va Rossiya uchun AES qurilishiga berilgan ruxsatnomani bekor qildi

07:20 / 11.09.2025