Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumini moliyalaştirişda hal qiluvçi rol öynagan Rossiya neft va gaz sanoati hozirda iqtisodiyotning uruş holatiga ötişi sababli işçi kuçi tanqisligiga duç kelmoqda. Bu haqda 6 may, duşanba kuni çop etilgan Bloomberg hisobotida aytiladi. 

Moskvada joylaşgan sobiq Deloitte tahliliy markazining Kasatkin Consulting kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, bu yil Rossiya neft va gaz sektorida 40 ming işçi kam. Neft va gaz böyiça tahlilçilar va işga yollovçilarning aytişiça, energetika kompaniyalari endi qurol işlab çiqaruvçilar va Rossiya armiyasi bilan işçi kuçi uçun raqobatlaşişi kerak. 

Armiyadagi tölovlar energetika sohasidagi maoşlardan oşib ketdi

Bloomberg Federal davlat statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib yozişiça, 2024 yil yanvar va fevral oylarida neft-gaz sanoatida oylik nominal iş haqi örtaça 125 200 rublni taşkil etdi, bu yaqin vaqtgaça uni Rossiyada eng yuqori maoşlardan biriga aylantirgandi. Biroq, bu miqdor endi Rossiya armiyasi şartnoma böyiça askarlarga taklif qilayotgan pul bilan raqobatlaşa olmaydi, deya qayd etadi agentlik. 

Xususan, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş böyiça şartnoma imzolaş uçun bir martalik tölov ba’zi hududlarda million rublga yetib, neft va gaz konidagi örtaça işçining deyarli yillik iş haqiga teng bölişi mumkin, deb yozadi Bloomberg. 

Ammo Britaniya Mudofaa vazirligining hisob-kitoblariga köra, keng kölamli hujumdan keyin 450 mingdan ortiq rus askari halok bölgan yoki yaralangan Ukrainada işçi jang qilişni istamasa ham, u qurol işlab çiqaruvçilar bilan foydali şartnoma tuzişi mumkin. 

2023 yilda Rossiyaning «Rostex» davlat korporatsiyasi xodimlarning iş haqini örtaça 17,2 foizga oşirdi va uning boş direktori Sergey Çemezov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga köplab obektlarda işlab çiqariş dam oliş, bayram va tungi vaqtda davom etayotgani haqida ma’lum qildi, deb eslatadi Bloomberg. 

Demografik inqiroz tufayli işçi kuçi tanqisligi 

Bundan taşqari, jurnalistlarning ta’kidlaşiça, işçi kuçi tanqisligi 1990-yillarda tuğilişning pasayişi bilan boşlangan, COVID-19 pandemiyasi davrida davom etgan va keyinroq Rossiyaning Ukrainaga hujumi natijasidagi uzoq davom etgan demografik inqiroz tufayli kuçaygan. Şu tariqa, 2022 yilda Rossiya bozorida 30 yoşgaça bölgan işçilarning uluşi 14,9 foizga kamaydi. FinExpertiza audit va konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga köra, bu 1990-yillar boşidan beri eng past körsatkiçdir.