Qozoğiston yoz oxirigaça şakar eksportini taqiqladi. Bu esa kelayotgan yoz mavsumida qozoğistonliklarning şakarga bölgan talabini töliq qondiriş imkonini beradi, deb yozdi Kazinform.
Boş vazir örinbosari Serik Jumanğarin raisligida Taşqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy taşkilotlarda iştirok etiş böyiça idoralararo komissiya yiğilişida qand lavlagining yangi hosili oldidan içki bozorni şakar bilan ta’minlaş masalalari muhokama etilgan.
Unda qayd qilinişiça, Qozoğiston omborlarida şakar zaxiralari qariyb 256 ming tonnaga yetadi, bu mamlakat yillik ehtiyojining yarmini (500-550 ming tonna) taşkil etadi.
Yaqin kelajakda Qozoğiston tomoni Rossiya bilan yil oxirigaça şakar yetkazib beriş kvotasi hajmini 100 ming tonnaga oşiriş böyiça muzokaralar olib borişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, qozoğistonliklarni şakar bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida idoralararo komissiya 2024 yil 31 avgustgaça Qozoğistondan uçinçi davlatlarga, şu jumladan YeOII davlatlariga şakar eksportini xalqaro tranzitdan taşqari vaqtinçalik taqiqlaş töğrisida qaror qabul qilgan.
Avvalroq, Rossiya ham şakar eksportini vaqtinça taqiqlagan edi.












