Xitoyning TikTok Inc va ByteDance Ltd kompaniyalari AQŞ hukumati ustidan Kolumbiya okrugi apellyatsiya sudiga da’vo arizasi berdi.
Aprel oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden TikTok platformasining xitoylik egasi bölmiş ByteDance kompaniyasiga uni mahalliy kompaniyalarga 9 oy içida sotiş majburiyatini yuklovçi, aks holda ijtimoiy tarmoq AQŞ hududida taqiqlanişi mumkinligi haqidagi qonunni imzolagan edi. Rasmiylar buni amerikaliklarning şaxsiy ma’lumotlarini xorijiy davlatlardan himoya qiliş böyiça çora sifatida izohladi. AQŞ xavotiriga köra, ByteDance Xitoy rasmiylari bilan hamkorlik qiladi va amerikaliklarning ma’lumotlarini noqonuniy tarzda uzatişi mumkin.
ByteDance kompaniyasi TikTok platformasini sotişdan boş tortdi va sudga murojaat qilişini ta’kidladi.
TikTok suddan uşbu qonunni AQŞ Konstitutsiyasiga zid deb topişni söramoqda. Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, qonun loyihasi AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan «birinçi tuzatiş»ga zid, u boşqa narsalar qatorida söz erkinligini kafolatlaydi. TikTok ma’lumotlariga köra, 170 millionga yaqin odam foydalanadigan mamlakatda platformani taqiqlaş Amerika fuqarolarining erkin muloqot qiliş va fikr almaşiş huquqlarini buzadi, bu esa AQŞ Konstitutsiyasiga ziddir.

















