Xorazm viloyatining Şovot tumanida pensiyadagi şifokor tomonidan mudhiş qotillik jinoyati sodir etildi. U 49 yil birga umr keçirgan turmuş örtoğini özini sehr-jodu qilganlikda ayblab, bolta bilan çopib öldirgan. Şifokor sudda turmuş örtoğini öldiriş uçun heç qanday sabab bölmaganini, şunçaki örtalarida kelib çiqqan janjaldan jahli çiqqanini hamda özini boşqara olmaganini bildirgan.

Sud hujjatlarida keltirilişiça, 1952 yilda tuğilgan A.X. uzoq yillar şifokor bölib işlab, 2011 yilda pensiyaga çiqqan. Uning turmuş örtoği ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan. Ular 1974 yilda turmuş qurib, 6 nafar farzandni tarbiya qilişgan. 

Keyingi paytlarda A.X. özining sehr-jodu qilinganini aytib, tez-tez janjal kötaradigan odat çiqargan.

2023 yilning 16 dekabr kuni A.X. yarim tunda uyğonib ketgan va avvaliga turmuş örtoğidan qon bosimini tuşiruvçi dori berişni söragan. Turmuş örtoği u söragan dorilarni topib bergan. Şunda A.X. sehr-jodu qilingani sabab keçalari uxlay olmayotganini aytib, janjal çiqargan. Söngra jahl ustida isitiş peçi yonida turgan boltani olib, 49 yil davomida birga umr keçirgan turmuş örtoğining boş qismiga 17 bor zarba bergan. Buning oqibatida ayol oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Şifokor boltani joyiga qöyib, qöşni xonaga ötib ötirgan. Ertalab boşqa farzandlari va IIB xodimlari yetib kelgan. Bundan xabar topgan şifokor xona eşigini içkaridan qulflab, taşqariga çiqmagan. IIB xodimlari eşikni oçişni söraganida esa lezviya bilan tomirlarini kesib, öz joniga suiqasd qilişga uringan.

A.X. dastlabki tergovda kiçik öğli uy-joy hamda maşina masalasida u bilan jandallaşib kelişini, hatto bir neça bor öldiriş bilan tahdid qilganini, sehr-jodu qilinganini aytib, yolğon körsatma bergan. Ammo aslida holat unaqa bölmagan. Keyinçalik sudda vaziyatdan çiqib ketiş uçun yolğon körsatma berganini özi ham tan olgan.

Jinoyat işlari böyiça Şovot tuman sudining 2024 yil 2 apreldagi hukmi bilan A.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.