Sankt-Peterburgda 20 ga yaqin yölovçi bölgan avtobus Moyka daryosiga qulab tuşdi, deb xabar berdi 10 may, juma kuni Sankt-Peterburg politsiyasi. Baza Telegram-kanali va "Fontanka" naşriga köra, yangilangan ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 15 kişi bölgan.
Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, YTH oqibatida yetti kişi halok bölgan, töqqiz kişi qutqarilgan. 6 kişi kasalxonaga yotqizilgan, deya xabar beradi TASS.
Voqea joyidan Telegram-kanallarida e’lon qilingan videolavhada avtobusning Bolşaya Morskaya köçasidan Moyka orqali ötuvçi köprikka öngga burilib, qarama-qarşi bölakka kirib kelayotgani va yölovçi maşinasi bilan töqnaş kelgani körsatilgan. Şundan keyin avtobus panjarani buzib ötib, daryoga tuşib ketgan.
RIA "Novosti" xabariga köra, qutqaruv operatsiyasida 69 kişi va 18 ta texnika qatnaşdi, yölovçilar salondan avtobus tomiga evakuatsiya qilingan, söngra qirğoqqa jönatilgan.
Sankt-Peterburg transport qömitasining xabar berişiça, boşqaruvni yöqotgan avtobus haydovçisi qölga olingan. Peterburg IIV Boş boşqarmasi xabariga köra, unga nisbatan «ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab bölgan yöl harakati qoidalarini buziş» (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 264-moddasi 5-qismi) moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. «112» Telegram-kanali haydovçining rafiqasiga tayanib, u 20 soatlik smenadan keyin ertalab reysga çiqişga majbur bölganini yozmoqda.















