Sankt-Peterburgda yönalişli avtobus Moyka daryosiga tuşib ketişi oqibatida halok bölganlar soni uç nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda FVVning şahar böyiça boşqarmasi xabar qilgan.

Hodisa 10 may kuni kunduzi, Markaziy harbiy-dengiz muzeyi röparasidagi Potseluyev köprigida röy bergan. OAV tomonidan kuzatuv kameralaridan olib tarqatilgan kadrlarga köra, avtobus sohil böylab harakatlanayotganida u yoqdan bu yoqqa silkina boşlagan, şundan keyin köprik tomon keskin burilib, ikki avtomobilga töqnaşgan, tösiqni buzib ötib, daryoga tuşib ketgan.

Şu atrofdan suzib ötayotgan daryo tramvayi yölovçilari, köçadagi avtomobillar haydovçilari hamda yaqindagi quriliş hududida işlayotgan işçilar avtobus yölovçilarini qutqariş uçun yetib kelişgan — ular daryoga qutqaruv halqalarini taşlaşgan, bir neça kişi özini suvga otgan.

Köp ötmay voqea joyiga qutqaruvçilar va politsiyaçilar yetib kelişgan — qutqaruv amaliyotiga jami 69 kişi jalb etilgan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, hodisa çoğida avtobusda 15 kişi bölgan. Şundan olti nafari özlari mustaqil ravişda va guvohlar yordamida suvdan çiqib olgan, yana töqqiz kişini avtobusdan FVV xodimlari olib çiqişgan. Vazirlik ma’lumotiga köra, uç qurbondan taşqari tört kişi klinik ölim holatida şifoxonaga yotqizilgan, yana ikki jabrlanuvçining holati oğir deb baholanmoqda.

Ayni vaqtga kelib avtobus suvdan çiqarib olingan.

Avtobus haydovçisi qölga olingan, dastlab uni ham şifoxonaga, keyin söroq qiliş uçun olib ketişgan. «Ostorojno, novosti» kanali ma’lumotiga köra, bu 44 yoşli tojikistonlik Rahmatşoh Qurbonov, u Rossiya fuqaroligini olgan. Uning turmuş örtoği  «112» telegram-kanali muxbiri bilan suhbatda uni 20 soatlik smenadan keyin erta tongda reysga çiqişga majburlaşgan. Uning sözlariga köra, Qurbonov uyga soat tungi ikkilarda kelgandi, ungaça ertalab soat beşdan buyon işda bölgan. Soat 7:30 da, beş soatlik uyqudan uyğotib, işga çiqişni söraşgan. Şu bilan birga, mahalliy rasmiylar işga çiqişdan oldin haydovçi zarur körikdan ötkazilganini ma’lum qilgan.