Sankt-Peterburgdagi Oktyabr rayoni sudi 10 may kuni Moyka daryosiga tuşib ketgan avtobus haydovçisi Rahmatşoh Qurbonovni 9 iyulga qadar hibsga oldi. U ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq odam ölimiga sabab bölgan yöl harakati qoidalarini buzişda ayblanmoqda.
Rahmatşoh Qurbonov bilan gaplaşgan tarjimonning aytib berişiça, 9 may kuni smena yakunlangaç u keyingi kuni soat 5:30 da işga çiqiş töğrisida xabar olgan, deb yozadi «Fontanka».
Qurbonovning sözlariga köra, 10 may tongida unga uçta avtobusdan birini tanlaş taklif qilingan. Haydovçi birinçi bölib tanlagan avtobusda buriliş çiroqlaridan biri işlamagan. Şunda u ta’mirlaş ustaxonasiga borgan, ammo u yerdan uni parkka qayta çaqirib olişgan.
Avvalroq haydagan avtobusini tanlagan Qurbonov mahalliy vaqt bilan ertalabki soat sakkizlarda yönalişga çiqqan. Uç soat vaqt ötganidan keyin u avtobus tormozidagi nosozlikni payqab qolgan. Haydovçining aytişiça, avtobus darhol töxtamagan — faqat qöşimça bir neça metr yurganidan keyin töxtagan.
Bu vaqtda Tergov qömitasi uşbu iş doirasida ikkinçi gumonlanuvçi qölga olingani haqida e’lon qildi.
Idoraning ma’lum qilişiça, avtobus haydovçisidan taşqari odamlarni taşiş xizmatini körsatgan «Taksi» MÇJ avtokolonnasi boşliği uşlangan. Uning şaxsi oçiqlanmagan.
«Lavozimiga köra, uşbu şaxs mehnat va transport intizomi, jumladan, „Taksi“ MÇJda işlovçi haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimiga rioya etilişini nazorat qilişga mas’ul bölgan. Tergov ma’lumotlariga köra, daryoga qulagan avtobus haydovçisi bir neça kun mobaynida zarur dam oliş vaqti berilmagan», — deyiladi TQ press-relizida.
- 10 may kuni kunduzi Peterburgda yönalişli avtobus Potseluyev köprigidan Moyka daryosiga qulagan, natijada yetti kişi halok bölgandi. Tergov qömitasi ikkita jinoiy iş qözğatgan: ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab bölgan yöl harakati yoki transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş haqidagi modda (RF JK 264-moddasi 5-qismi, maksimal jazo — yetti yilga ozodlikdan mahrum etiş) va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat körsatiş haqidagi modda böyiça (RF JK 238-moddasi 3-qismi, maksimal jazosi — ön yilga ozodlikdan mahrum etiş) böyiça. Tergov doirasida avtobus haydovçisi ikki yil muqaddam Rossiya fuqaroligini olgan 44 yoşli tojikistonlik Rahmatşoh Qurbonov qölga olingandi.
















