Vladimir Putin Sergey Şoyguni RF Xavfsizlik kengaşi rahbari lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmonini imzoladi.
2008 yil mayidan buyon uşbu lavozimni egallab kelgan Nikolay Patruşev esa «boşqa işga ötayotgani munosabati bilan» lavozimdan ozod etilgan. Kremldagilar Patruşevning yangi lavozimi haqida «yaqin vaqtlar içida ma’lumot berilişi»ni va’da qilgan.
1994-2012 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri, 2012 yil mayidan noyabr oyiga qadar Moskva oblasti rahbari bölgan Sergey Şoygu sönggi 12 yilga yaqin vaqt davomida Rossiya harbiy vazirligini boşqarib kelayotgandi.
Vladimir Putin mudofaa vazirligi rahbarligiga Andrey Belousov nomzodini taklif etgan, u RF vazirlar mahkamasidan iste’foga çiqarilguniça boş vazirning birinçi örinbosari edi. Uning nomzodi 13-14 may kunlari Federatsiya kengaşida körib çiqiladi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mahalliy jurnalistlar bilan muloqotda harbiy idorada özgarişlarni şarhlar ekan, Belousovning tayinlanişi «koordinatalar tizimi»ni özgartirmasligini aytgan.
«Harbiy jihatiga kelsak, bu tayinlov amaldagi koordinatalar tizimini heç qanday tarzda özgartirmaydi, harbiy komponent har doim boş ştab boşliğining vakolati bölib kelgan, u öz faoliyatini davom ettiradi, bu borada hozirça heç qanday özgarişlar nazarda tutilmagan», — deya Kreml vakilining sözlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks».
U şuningdek Şoygu Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimi bilan bir vaqtda Putinning Harbiy-sanoat komissiyasidagi örinbosari hisoblanadi va Harbiy-texnik ta’minot böyiça federal xizmat (FSVs) faoliyatini nazorat qiladi. «Siz allaqaçon bilasiz — bu haqda avvalroq xabar qilingandi, —federal xizmat mudofaa vazirligidan prezident huzuriga ötkazilmoqda. Va uning faoliyatini ham Sergey Şoygu boşqaradi va nazorat qiladi», — deya izohlagan Kreml rasmiysi.
Peskovning sözlariga köra, Şoygu «özi yaxşi biladigan, içkaridan juda yaxşi biladigan bu sohada hamkasblari va avvalgi iş joyidagi hamkorlari bilan işlaşda» davom etadi. Putinning matbuot kotibi Şoygu Harbiy-sanoat komissiyasiga tayinlanganini şarhlarkan, Şoygu «bu iş bilan çuqur şuğullangani, u muayyan korxonalarda harbiy-sanoat mahsulotlari işlab çiqariş sur’atlarini juda yaxşi bilişi va bu korxonalarga tez-tez taşrif buyurgani»ni qayd etgan.
Öz navbatida, Rossiya harbiy idorasidagi ikkinçi şaxs, RF qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov lavozimini saqlab qolgan.












