Özbekistonlik Magomed Ibragimov (-97 kg) litsenziya uçun keçgan bellaşuvda Xitoy vakili Avusayman Xabilaga yutqazib qöygaç, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

39 yoşli Ibragimov faoliyati davomida ikki bor Osiyo çempioni bölgan. Şuningdek, u Rio Olimpiadasida, Osiyo öyinlari va Islom birdamligi öyinlarida bronza medaliga sazovor bölgan.

Ibragimovning ketişi ikki karra Olimpiya çempioni, 5 martadan jahon va Yevropa çempioni bölgan Abdulraşid Sa’dullayevni ham befarq qoldirmadi. «Motivatsiya va yorqin kuraş uçun rahmat, afsona» deb yozib qoldirdi rossiyalik kuraşçi.