Ukrainada uruşning 811-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod uzra 25 ta reaktiv snaryad urib tuşirilganini ma’lum qildi. Tinç aholi vakillaridan biri jarohatlangan.
  • Rossiya qöşini Xarkivga aviabomba taşladi. Köp qavatli uy zarbaga uçraşi oqibatida 20 dan ortiq kişi yaralangan.
  • Volgograd oblastida «taşqi aralaşuv» tufayli yuk poyezdi izdan çiqqan. Baza ma’lumotiga köra, unga dron hujum qilgan.
  • RF mudofaa vazirligining Kadrlar boş boşqarmasi boşliği, general-leytenant Yuriy Kuznetsov öta yirik miqdorda pora olişda gumonlanib hibsga olindi.
  • Bayden Rossiya urani importini taqiqlaş töğrisidagi qonunni imzoladi.
  • Belgoroddagi turar joy pod’yezdi qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 17 nafarga yetdi.

Xarkiv öqqa tutilişi oqibatlari

RF qöşini 2023 yil oxirida Xarkivni öqqa tutişni kuçaytirgandi. Qayrib yarim yildan buyon şahar muntazam zarbalar ostida yaşamoqda. «Sen doimo öylaysan — qayerga? Va darhol uçiş trayektoriyasini hisoblay boşlaysan… Raketa qayerga va nima uçun uçib kelişini bilmaysan», — degandi 2024 yil qişida Xarkivda yaşovçilardan biri BBC rus xizmati bilan suhbatda. Aprel oyi boşiga kelib şaharda deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron böldi, deb xabar qilgan Xarkiv meri Igor Terexov. May oyi boşida esa Rossiya qöşini Xarkiv oblastida yangi yuriş boşladi.

RF qöşini Xarkiv böylab zarba berişda davom etmoqda. 14 may kuni kun davomida ular olti bor zarba yöllaşdi, jumladan şaharga dronlar bilan hujum qilib, UMBP D-30 rusumli yangi bombalar qöllaşdi, deb xabar bergan oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Şahardagi uçta rayonda xususiy va köp qavatli uylar, öquv binolari, avtomobillar şikastlangan. 22 kişi jarohat olgan.

Ukraina FVDX xodimlari 14 may kungi zarbadan keyin çiqqan yonğinni öçirmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images