Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari va muxolifatçi siyosatçi Mixail Xodorkovskiy, «MeNATeP» şirkati sobiq rahbari Platon Lebedev va Sibir lizing kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Tegişli da’vo Moskvaning Meşçanskiy sudi tomonidan röyxatga olingan, deb xabar berdi «Interfaks» 16 may, payşanba kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari ma’lumotlar bazasiga tayanib.
Uşbu ma’lumotlarga köra, da’vo arizasi sudga 8 may kuni kelib tuşgan, şundan söng u röyxatga olingan va sudyaga topşirilgan. Da’vo «Rossiya Federatsiyasi manfaatlari yölida» qözğatilgan, deya ta’kidlanadi qöşimça tarzda. Da’voning aniq sababi va boşqa tafsilotlar aniqlaştirilmagan. Bu da’vo böyiça eşituv 27 mayga belgilangan, deb yozadi RIA «Novosti».
YuKOS işi
Mixail Xodorkovskiy va Platon Lebedev 2010 yilda YuKOS böyiça sud jarayonida aybdor deb topilgan edi. Ular 2005 yilda soliq tölaşdan böyin tovlaganlik uçun birinçi sud jarayonida tayinlangan jazo bilan birga 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ikkinçi iş 200 million tonna neftni öğirlaş va ularni sotişdan tuşgan daromadlarni qonuniylaştirişga uriniş ayblovlari bilan asoslandi.
2013 yil dekabrida Xodorkovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan afv etilgan va Rossiyani tark etgan. 2024 yil yanvar oyida u Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ayblovi böyiça qidiruvga berilgan. Platon Lebedev 2014 yilda qamoqdan ozod qilingan.












