Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari rus tilini bilişi, mamlakat an’analari va madaniyatini hurmat qilişi şart. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin ma’lum qildi.
«Bizda işlaş uçun keladiganlar rus tilini bilişi, urf-odatlarimizni, madaniyatimizni hurmat qilişi biz uçun muhim. Va bizning umumiy tariximiz ham bor, menimça, buni heç kim unutmagan», dedi Volodin.
U Rossiyaga döstona bölgan davlatlar bilan işlaş va u yerda fuqarolarga rus tilini örgatiş uçun şart-şaroitlarni yaratişga çaqirdi va bu ularga Rossiyada yaşaş uçun asqotişini ta’kidladi.
Davlat Dumasi spikerining sözlariga köra, odamlar vatanida rus tilini örganmagan, şu tufayli Rossiyaga kelganida köplab muammolarga yöliqmoqda.
«Biz bunga yöl qöymasligimiz kerak», dedi u.
Rossiya qonunçiligiga köra, mamlakatda yaşaş, işlaş yoki vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma olmoqçi bölgan xorijliklar avvalo rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya qonunçiligi asoslaridan imtihon topşirişi kerak. Rossiya bilan birgalikda Belarus, Armaniston, Qozoğiston va Qirğizistonni öz içiga olgan YeOII mamlakatlari fuqarolari bunday sinovdan ötiş zaruratidan ozod qilingan.
Rossiyaning 12 ta universiteti va Moskva hukumatining bitta taşkiloti çet elliklardan imtihonlarni qabul qilişi mumkin.

















