Rossiyaning «Mediazona» naşri va BBC rus xizmati 17 may, juma kuni Rossiyaning Ukrainaga hujumi natijasida rus armiyasining yöqotişlari haqidagi xulosani yangiladi. Jurnalistlar va köngillilar jamoasi oçiq manbalardan Rossiya Qurolli kuçlarining 53 586 nafar harbiy xizmatçisi, şu jumladan kamida 6 441 nafar safarbar qilinganlar halok bölganini tasdiqlaşga muvaffaq böldi.

Ikki hafta içida kamida 1431 askar frontda halok böldi. Bu 2022 va 2023 yillardagi örtaça yöqotişlardan yuqori, deyiladi matnda. 

Britaniya Mudofaa vazirligi: Rossiya Ukrainada 450 ming askarini yöqotdi 

Britaniya Ukrainadagi uruşda Rossiyaning yöqotişlarini 450 ming kişi atrofida baholaydi. Yana ön minglab odamlar qoçib ketgan bölişi mumkin. Bu haqda Britaniyaning UK Defence Journal naşri aprel oyi oxirida qirollik qurolli kuçlar vaziri Leo Dokertiga tayanib xabar berdi. 

London şuningdek, «Ukrainada 10 mingdan ortiq rus zirhli texnikasi, şu jumladan 3000 ga yaqin asosiy jangovar tanklar, 109 samolyot, 136 vertolyot, 346 ta uçuvçisiz uçiş apparati, 23 ta barça toifadagi harbiy-dengiz kemalari va boşqa turdagi artilleriya tizimlari yöq qilingan, taşlab ketilgan yoki qölga olingan», deb hisoblaydi.

Rossiya Ukrainadagi yöqotişlarni oşkor etmayapti

Rossiya hukumati Ukrainadagi armiya yöqotişlarini oşkor qilmayapti. AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) rahbari Uilyam Berns 30 yanvar kuni Amerikaning Foreign Affairs naşri uçun ruknida Rossiya armiyasining jami yöqotişlarini 315 ming kişi atrofida baholadi.