Ispaniya Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini yuboradi, bu paketga boşqa narsalar qatori Leopard 2A4 tanklari ham kiradi. Bu haqda Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles 20 may, duşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan çaqirilgan Ukraina mudofaa masalalari böyiça («Ramştayn» formati) aloqa guruhining 22-yiğilişi çoğida aytib ötdi. 

Roblesning sözlariga köra, tanklar iyun oyi oxirida Kiyevga jönatiladi. Yetkazib beriş, şuningdek, Patriot zenit-raketa tizimi uçun raketalar, 155 mm artilleriya öq-dorilari va uçuvçisiz uçoqlar havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini öz içiga oladi. 

Videokonferensiya orqali 40 dan ortiq davlat vakillari iştirok etgan uçraşuvda Ispaniya Mudofaa vazirligi rahbari «Ukrainaga munosib va   zudlik bilan muhtoj bölgan yordamni körsatişni davom ettiriş» uçun jamoaviy mas’uliyatni ta’kidladi. Robles, şuningdek, Ispaniyaning Ukrainani uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşi ikki tomonlama xavfsizlik bitimi imzolanişi bilan mustahkamlanişini tasdiqladi. 

Ostin: Ukraina Rossiya bilan uruşning eng qiyin damlaridan birini boşdan keçirmoqda 

AQŞ Mudofaa vaziri Lloyd Ostin uçraşuv çoğida Ukraina mamlakat şimoli-şarqida «Rossiya yangi hujumiga qarşi kuraşda özining eng oğir lahzalaridan biriga duç kelayotganini» aytdi, şuning uçun Kiyevga harbiy yordam körsatiş juda muhim. Ostin, şuningdek, Ukrainaning Rossiya hujumlarini qaytariş uçun havo hujumidan mudofaa tizimlariga bölgan muhim ehtiyojini ta’kidladi. «Biz Ukraina öz osmoniga ega bölişini, öz fuqarolari va fuqarolik infratuzilmasini front çiziğidan uzoqda himoya qila olişini ta’minlaşda davom etamiz», dedi u uçraşuvdan söng jurnalistlarga. 

Ispaniya bu yil Ukrainaga 19 ta Leopard tankini yuboradi

Ötgan yili Ispaniya hukumati Kiyevga 10 ta Leopard 2A4 tankini topşirdi. Mart oyida u 2024 yil davomida Ukrainaga yana 19 ta Leopard 2A4 tankini yetkazib berişini e’lon qildi. 10 ta tankning birinçi partiyasi iyun oxirida, ikkinçisi - sentabrda va’da qilingan.