Rossiya Boş prokuraturasi YuKOS neft konsernining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy, uning biznes şerigi - «Menatep» sobiq rahbari Platon Lebedev va «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»ga nisbatan 986 million rubl va 1,8 million dollarni qaytarib berişni talab qilgan holda sudga murojaat etdi. Pul mablağlari Xodorkovskiy va Lebedevning hisoblarida joylaşgani haqida 20 may, duşanba kuni «Interfaks», TASS hamda RIA «Novosti» axborot agentliklari xabar berdi.

Manbalarga köra, Boş prokuratura xulosasi bilan musodara qilinişi kerak bölgan mablağlarning umumiy miqdori 1,413 milliard rublni taşkil etadi. Prokuratura qiziqayotgan bölgan pul mablağlari «Trast» bankida töqqizta kompaniya - «Evoyl» MÇJ, «Ratibor» MÇJ, «Şarqiy Sibir servis kompaniyasi» MÇJ, «Rentli» MÇJ, «Saturn XXV» MÇJ, «Fargoyl» MÇJ, «Sibirskaya lizingovaya kompaniya» MÇJ, «Spetsavtotrans» YoAJ va «Menatep limited» hisobraqamlarida saqlanadi.

«Rossiya manfaatlari uçun» da’vo 

TASS xabariga köra, da’vo arizasi «sud tomonidan ilgari belgilangan soliq jinoyatlari natijasida yetkazilgan zarar uçun 17,4 milliard rubl miqdorida tovon tölanmagani munosabati bilan» berilgan. Rossiya Boş prokuraturasi 8 may kuni Moskvaning Meşçanskiy sudiga da’vo arizasi bilan çiqdi. Xabar qilinişiça, Xodorkovskiy, Lebedev va «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»ga qarşi da’vo «Rossiya Federatsiyasi manfaatlari uçun» qözğatilgan, ammo da’volarning mohiyati oşkor etilmagan. Sud 27 may kuni da’voni körib çiqişni boşlaydi. Ayblanuvçilar prokurorning da’volariga izoh berişmadi. 

Rossiya sudlari 2005 va 2010 yillarda Xodorkovskiy va Lebedevni «YuKOS işi» böyiça firibgarlik, pul yuviş va soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblab, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilgan. Ularga tegişli bölgan neft kompaniyasi bankrotlik jarayonidan ötdi va milliylaştirildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013 yilda Mixail Xodorkovskiyni afv etgan, şundan söng tadbirkor Rossiyani tark etgan. Platon Lebedev 2014 yilda ozodlikka çiqarilgan.