2024 yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi nogironligi bor şaxslar yaşaydigan “Muruvvat” uyida işlovçi bir guruh xodimlar şu yerda yaşab davolanayotgan ruhiy nosoğlom ayolning ustidan mazax qilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga borib örganilgan.
Aniqlanişiça, ayolni mazax qilgan xodimalar uşbu muassasaga autsorsing asosida xizmat körsatadigan tadbirkorlik sub’yektida işlagan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Ya.S.ni şifokor, hamşira hamda kiçik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oşxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilişgan. Holatni videoga olib, uni oşxonada işlovçi xodimlarning Telegram gruppasiga taşlaşgan.
“S.Ya.da aqli zaiflikning oğir darajasi sababli xulq-atvor buzilişi bilan keçuvçi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi. Ya’ni doimiy ravişda yaqin qarindoşlarini eslab uyimga jönating yoki çaqirib bering deb yiğlaş holatlari yuzaga keladi”, deyiladi Ombudsman xabarida.
2024 yil 17 may kuni Sirdaryo “Muruvvat” uyi rahbari Sirdaryo tumani IIBga murojaat qilib, X.M. va Ş.O.larning xatti-harakatiga qonuniy çora körişni söragan.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Bemorning ustidan kulgan xodimalar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.
Tekşiruv davomida S.Ya. va uning şifokori bilan suhbatlaşgan Ombudsman mintaqaviy vakili bemor ayolning kayfiyati va ruhiy holati yaxşi ekanini ma’lum qilgan.

















